”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Sintetik kauchuklar 
to‘yinmagan uglevodorodlarni polimerizatsiyalash 
va sopolimerizatsiyalash natijasida olinadi. Xom ashyo sifatida izopren, 
butadien (divinil), xlorpren, izobutilen va boshqa monomerlar ishlatiladi. 


Ishlatilgan monomerning turiga qarab izoprenli, butadienli, xlorprenli, 
butadien-stirolli va boshqa turdagi kauchuklar tayyorlanadi.
Sintetik kauchuklar linoleum va pol uchun plitkalarni elimlovchi elimlar 
va mastikalar, germetiklar tayyorlashda ishlatiladi. Germetiklar butilkauchuk, 
xlorprenkauchuk asosida olinadi. Sintetik kauchuklar elastiklik xususiyatlari 
berish uchun boshqa turdagi polimerlar tarkibiga kiritilishi mumkin.
Vulkanizatsiyalashtirilgan kauchuk tarkibiga, qurum, bo‘r va sh.k. kukun 
to‘ldirgichlar kiritib rezinalar olinadi. Vulkanizatsiya jarayonida kauchuk va 
oltingugurt orasidagi reaksiya natijasida yoki radiatsion ishlov berish tufayli 
mahsulotda yangi qo‘shbog‘lar hosil bo‘ladi.
Vulkanizatsiyalashtirilgan kauchuklar issiqqa bardoshli, Yuqori bikrli, organiq 
erituvchilar ta’siriga chidamli bo‘ladi. Kauchukli rezina polbop va 
gidroizolyasiya materiallari, germetiklar va boshqa buyumlar tayyorlashda 
ishlatiladi. Rezina chiqindilari uvoqlanib (maydalab) bitumrezinali o‘rama 
materiallar va mastikalar olinadi.
 
Nazorat uchun savollar 
1.
Plastmassa nima? U qanday tarkibga ega?
2.
Plastmassa tarkibiga kiruvchi komponentlar qanday vazifalarni bajaradi?
3.
Plastmassalarning asosiy xossalarini aytib bering.
4. Termoplastik va termoreaktiv polimerlar klassifikatsiyasi.
5. Plastmassalarni tayyorlash texnologiyalarini aytib bering.
6.
Polbop, devorbop va bezak polimer materiallarni izohlab bering.
7.
Polimerlar asosida olinadigan pogonaj, santexnika va boshqa buyumlar 
haqida gapirib bering.
 
8.
Polimer elimlar, mastikalar, qorishmalar va betonlar haqida gapirib 
bering.
9.Polimerlar bilan modifikatsiyalangan qurilish materiallari to‘g‘risida aytib 
bering. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin