Donali gidroizolyasiya buyumlari. Fasonli bitumli listlar LB-500 va LB-
600 markalarda ishlab chiqariladi. Shimdirilgan bitumli massaning yumshash
harorati 60
0
S kam bo‘lmasligi kerak. Ular tom qoplamalarining yuza qismiga
ishlatiladi.
Armaturalangan plitalar bitumli issiq mastikani yoki issiq asfalt qorishmasini,
metall to‘r yoki shisha mato bilan armaturalab, presslash usulida tayyorlanadi.
Armaturasiz plitalar aynan shunday kompozitsiyalar asosida armaturasiz
tayyorlanadi. Ushbu plitalar qurilish konstruksiyalarini, poydevorlarni
gidroizolyasiyalashda
va
deformatsiyalanuvchi
choklarni
berkitishda
ishlatiladi.
POLIMER MATERIALLAR VA BUYUMLAR (PMB). PLASTMASSALAR. ULARNING KOMPONENTLARI VA XOSSALARI. TERMIK DESTRUKSIYA. TERMOPLASTLAR. REAKTOPLASTLAR. TURLARI, STRUKTURASI, ASOSIY XOSSALARI. Reja: 1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Plastmassalarning tarkibi va xossalari
3.
Polimer bog‘lovchi moddalar
1. Umumiy ma’lumotlar Plastmassa Yuqori molekulali birikma –polimer bog‘lovchilar, kukun
to‘ldirgich va boshqa tashkil etuvchilardan iborat, qotgach plastikligini to‘la
yoki qisman yo‘qotadigan kompozitsion materialdir. Yuqori molekulali
moddalar bir necha minglab, hatto yuz minglab atomlardan iborat bo‘lib, ko‘p
marta
takrorlanadigan
muayyan
strukturalardan
tuzilgan.
Bitta
makromolekuladagi struktura birligi soni polimerning polimerlanish darajasi
deyiladi. Kam molekulali birikmalar molekulyar massasi 500 kam bo‘ladi.
Kelib chiqishiga nisbatan polimerlar tabiiy va sun’iy (sintetik) turlarga
bo‘linadi. Tabiiy Yuqori molekulali birikmalarga tabiiy kauchuklar, sellyuloza,
ipak, oqsillar, nuklein kislotalar, jun va boshqalar kiradi.
Tabiiy kauchukni oltingugurt bilan aralashtirilib, qizdirish (sintez) usulida
(XIX asrda) rezina olindi. 1972 yilda nitrotsellyulozani kamfara bilan qayta
ishlab selluloid, ya’ni plastmassaning sellyuloza asosidagi birinchi turi
tayyorlandi. SHu davrda oqsillar (kazein) asosida sintez qilib galalit
plastmassasi olindi.
XX asr boshida organiq xom ashyolarni sintez qilish natijasida Yuqori
molekulali moddalar-polimerlar olindi. Keyinchalik karbamidformaldegid,
fenol-formaldegid, poliefir va shu kabi polimerlar sintez qilindi. O‘ttizinchi
yillardan boshlab polimerlanish jarayonining ko‘p jihatlari ochildi va
polivinilatsetat, polivinilxlorid, polistirol, polimetilmetakrilat va boshqa
polimerlar sintez qilindi.