Qatronning xossalari. Toshko‘mir qatronning zichligi o‘rtacha 1,25
gsm
3
. Qovushoqligi tarkibida moylar va smolalar ko‘payishi hisobiga
kamayadi. Qatronlar yumshash harorati qiyin yumshaydigan bitumlarga
nisbatan kam bo‘ladi.
Qatronlarning atmosfera muhitiga chidamliligi neft bitumlariga nisbatan
past
bo‘ladi.
Qatronlar
tarkibida
ko‘p
miqdorda
to‘yinmagan
uglevodorodlarning bo‘lishi suv, kislorod va quyosh yorug‘ligining
ultrabinafsha nurlari ta’sirida vaqt davomida eskiradi. Ular tarkibidan
moylarning bug‘lanishi, fenol birikmalarini suvda qisman yuvilishi qatronlar
eskirishini tezlashtiradi. Eskirish natijasida qatron mo‘rt va gidrofoblik
xususiyati pasaygan bo‘ladi.
Qatronlarning biologik muhitlarga bardoshliligi bitumli bog‘lovchi
moddalarga nisbatan Yuqori bo‘ladi. Qatronlar tarkibida fenol (karbol
kislotalar) bo‘lishi ularga bakteritsidlik xususiyatini beradi. Qatron asosida
olingan pek zaharlovchi modda bo‘lgani uchun ishlatishda xavfsizlik texnikasi
maxsus qoidalariga rioya qilish zarur. Gidroizolyasiya materiallari
mustahkamlik, deformativlik, issiqqa bardoshlilik, biologik va kimyoviy
muhitlarga chidamlilik, suv o‘tkazmaslik va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lishi
kerak.
Bitum va qatron asosida olingan gidroizolyasiya materiallari 4500 5000
yil avval Misr va Mesopotamiyada ehrom, mavzoley, basseynlarni, kanal va
gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiya qilish uchun ishlatilgan.
2.O‘rama gidroizolyasiya materiallari Tombop o‘rama materiallar gidroizolyasiya materiallari hisoblanadi, bino
va inshootlarning eng ma’suliyatli qismiga ishlatiladi.
O‘rama gidroizolyasiya materiallar asosida tom bir-necha qatlamlardan
iborat bo‘lib, ostki qatlamlarga qoplamasiz, eng ustki qatlamiga esa qoplamali
turlari qo‘llaniladi. Eng ustki qatlamga ishlatiladigan o‘rama material tashqi
tomoniga yirik donali (K), mayda donali (M) yoki kukunli (P) minerallar
(qum, maydalangan tosh) sepiladi. Bundan tashqari tangasimon sepmali
o‘rama materiallar ham ishlab chiqariladi.
O‘rama gidroizolyasiya materiallari asosli va asossiz turlarga bo‘linadi.
Asosli materiallar texnik karton, asbest karton, shisha to‘qima va noto‘qima
matosi va boshqalarni bitum yoki qatron bilan ishlov berib tayyorlanadi.
Asossiz o‘rama materiallar mikrokompozitsion bo‘lib, bitum yoki qatron
bog‘lovchilar, kukun to‘ldirgich (mineral yoki rezina kukuni) va
modifitsirlovchi qo‘shimchalar (antiseptik, plastifikator va stabilizatorlar)
aralashmasini muayyan qalinlikda prokatlab tayyorlanadi.