paytigacha cho‘zilishi uzunligi (sm hisobida) bitumning cho‘ziluvchanlik
ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Bitumning chaqnash harorati bitum maxsus asbobda qizdirilganda
muayyan haroratda o‘z-o‘zidan alangalanishi bilan belgilanadi. Chaqnash
harorati bitum asosida kompozitsion materiallar
tayyorlash texnologik
jarayonlarida parametrlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega.
Bitumga marka qovushoqligi, yumshash harorati va cho‘ziluvchanligiga
qarab beriladi. Uning markasiga nisbatan ishlatilish sohasi aniqlanadi.
Ishlatilish sohasiga nisbatan bitumlar qurilish, tombop va yo‘l
qurilishi
turlariga bo‘linadi.
Neft bitumlarining asosiy fizik-mexanik xossalari 22.1 jadvalda berilgan.
Neft bitumlari yog‘och bochkalarda, bidonlarda,
faner yoki metall-faner
barabanlarda, qog‘oz qoplarda tashiladi. Katta miqdordagi bitumlar isitish
qurilmalari bilan jihozlangan temir yo‘l sisternalarida yoki platformalarda
tashiladi. Bitumlar maxsus yopiq omborxonalarda yoki quyosh nuri va yog‘in-
sochindan himoyalangan bostirmalarda saqlanadi.
Qurilish bitumlari
asfalt qorishmalar va betonlar, mastikalar, emulsiyalar
va boshqa kompozitsion materiallar tayyorlashda ishlatiladi.
Tombop bitumlar tom gidroizolyasiyasi va tombop o‘rama materiallar
olishda asos (masalan, karton) yumshoq bitumlarga shimdiriladi, qattiq
bitumlar esa yuzasiga sepiladi. Yo‘l bitumlari asosan avtomobil yo‘llari va
aerodrom qoplamalari qurilishida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: