”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Ruberoid
-texnik kartonni oson eriydigan bitumlar eritmasida shimdirib, 
ikki tomonidan kukun to‘ldirgichli qiyin eriydigan bitum va maydalangan talk 
yoki boshqa minerallar sepib tayyorlangan o‘rama materialdir.
Ruberoid ishlatilish joyiga qarab tom yopilishida ostki (P) va ustki qatlam 
(K) uchun, qurilish konstruksiyalarini gidroizolyasiyalash uchun ruberoidlarga 
bo‘linadi.


Ruberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: RKK-500 A, RKK-400 
A, RKK-400 B, RKK-400 V, RKM-350B, RKM-400 V, RPM-300 A, RPM-
300 B, RPM-300 V, RPP-350 B, RPP-350 V, RPP-300 A, RKK-300 V. 
Markalarda ko‘rsatilgan raqamlar 1m
2
ruberoidning massasini (g) bildiradi. 
Ruberoidning bakteriya va mikroorganizmlar ta’sirida chirishini bartaraf etish 
maqsadida antiseptiklar bilan bitumga ishlov beriladi. Ruberoid sovuq muhitda 
ham elastikligini saqlab qolishi uchun polimerlar bilan modifikatsiyalangan 
bitum asosida REM-350 markada tayyorlanadi. Bu markadagi ruberoid –50
0

haroratda ham mo‘rt bo‘lmaydi, 1,5-2 marta xizmat vaqti uzayadi, ob-havoga 
chidamli bo‘ladi.
Ruberoid eni 1000, 1025, 1050 mm, umumiy yuzasi esa 5, 7, 10 va 15m
2
holda ishlab chiqariladi.
Hozirgi vaqtda ruberoidning pastki tomoni qalin qoplamali xili ishlab 
chiqarilmoqda. Bu ruberoid xili tom gidroizolyasiyasida bevosita asosga 
maxsus bitumli mastikalarsiz yopishtiriladi. Buning uchun maxsus moslama 
yordamida alanga hosil qilinadi va ruberoid pastki tomonidagi qoplama eritilib 
asosga yopishtiriladi. Bu usulda tom qoplanganda mehnat unumdorligi 50% 
ortadi, ish tannarxi arzonlashadi va qoplamaning sifati oshadi (23.1-rasm).
 Eritiladigan ruberoid asosida tomni gidroizolyasiyalash 
Ruberoid polotnosi ustma-ust, ya’ni qo‘shni polotnoni 7-10 sm qoplab 
yopishtiriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin