”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2.2 Bitumlarning xossalari
 
 
Fizik xossalar.
Bitumlarning qurilishbop xossalariga gidrofobligi, 
atmosfera va korroziya muhitlariga chidamliligi, Yuqori deformativligi va 
boshqalar kiradi. Bitumlarni harorat ta’sirida erib suyuqlanishi va organiq 
erituvchilarda eruvchanligi ular asosida gidroizolyasiya ishlarini olib borishni 
va kompozitsion materiallar tayyorlash texnologiyasini osonlashtiradi.


Bitumlar zichligi tarkibiga qarab 0,8-1,3 gsm
3
oralig‘ida bo‘ladi. Bitumlar 
issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,5-0,6 Vt(m
.0
S); issiqlik sig‘imi 1,8-1,97 
kDjkg
.0
S; muhit harorati 25
0
S bo‘lganda hajmiy issiqdan kengayish 
koeffitsienti 5
.
10
-4
-8
.
10
-4 0
S
-1
oralig‘ida bo‘ladi. Bitum 160
0
S haroratda 5s 
davomida qizdirilganda massasi 1% gacha kamayishi uning haroratga 
bardoshligini belgilaydi.
Bitumning o‘z-o‘zidan chaqnash harorati 230-240
0
S. Bitum tarkibida 
massa bo‘yicha 0,2-0,3% suvda eruvchan moddalar bo‘lib, bitum asosida 
olingan materiallarning suvga chidamliligini belgilaydi.
Bitum elektr izolyasiyasi xususiyatiga egadir.
Fizik-kimyoviy
xossalar.
Bitumning
sirt
tarangligi
20-25
0
S
haroratda 25-35 ergsm
2
. Bitum tarkibida sirt-aktiv polyar komponentlar 
miqdori uning mineral kukunlar, mayda va yirik to‘ldirgichlar bilan 
yopishishini belgilaydi. Bitum ohaktosh, dolomit kukunlari bilan mustahkam 
xemosorbsion bog‘lar hosil qiladi. Bunda Sa
2k
va Mg
2k
kationlari Yuqori 
darajada adsorbsion aktiv markazlar vazifasini o‘taydi.
Atmosfera muhitida bitum asosidagi materiallar vaqt o‘tishi bilan quyosh 
nuri va kislorod ta’sirida eskiradi va xossalari o‘zgaradi. Bunda bitum tarkibida 
moylar va smolalar miqdori kamayadi, natijada bitumning mo‘rtligi ortadi.
Bitumning reologik xossalari tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Ularning qattiq yoki yumshoq bo‘lishi asfaltenlar, smolalar va moylarning 
miqdoriga bog‘liqdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin