”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Pergamin
-texnik kartonni yumshash harorati 40
0
S gacha bo‘lgan bitum 
eritmasiga shimdirib olinadi. Pergamin tom yopishda ruberoidning quyi 
qatlamlariga qo‘yiladi va gidroizolyasiya uchun ishlatiladi.
Shisha ruberoid
-shisha tolali matoga ikkala tomondan bitumli 
bog‘lovchi (bitum rezinali yoki bitum polimerli) va mineral kukunlar sepib 
tayyorlanadi. Sepiladigan material turi va ishlatilish sohasiga ko‘ra 
shisharuberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: S-RK (yirik donali 
sepma), S-RCH (tangasimon sepma) va S-RM (kukunli sepma). 
Shisharuberoid tom yopmasida 
Yuqori va pastki qatlamlarda va 
konstruksiyalarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. SHisha tolali asoslarni 
kimyoviy va biologik muhitlarga chidamliligi ular asosida tayyorlanadigan 
o‘rama materiallar xizmat vaqtini 30 yilgacha uzaytiradi.
Gidroizol
-asbest kartonni bitumli bog‘lovchilarda shimdirib tayyorlanadi. 
Gidroizol 
er 
osti 
konstruksiyalari 
va 
gidrotexnik 
inshootlarni 


gidroizolyasiyalashda, korroziyaga bardoshli qoplamalar olishda ishlatiladi. 
Gidroizol ikki markada GI-G va GI-K ishlab chiqariladi.
Folgaizol
-yupqa alyuminiy folgasi va unga qoplangan bitum-rezinali 
himoyalovchi qatlamdan iborat o‘rama material. Uning eni 1m va uzunligi 10
m. Folgaizol tomlarni qoplashda, bino va inshootlar bug‘ va 
gidroizolyasiyasida, choklarni berkitishda ishlatiladi.
Metallizol
-alyuminiy folgasini ikkala tomondan bitumli mastika qoplab 
tayyorlanadi. Alyuminiy folgasi qalinligiga ko‘ra metallizol ikki markada 
bo‘ladi. U Yuqori uzilishdagi mustahkamlikka, agressiv va obi-havo muhitiga 
bardoshli materialdir. Metallizol er osti va gidrotexnik inshootlarni 
gidroizolyasiyalashda ishlatiladi.
Brizol
-neft bitumi, rezina kukuni, asbest tolasi va plastifikator 
aralashmasi massasini prokatlash usulida olinadi. Brizol 40% konsentratsiyali 
sulfat kislotasiga va 20% xlorid kislotasiga 60
0
S haroratgacha bardoshli 
bo‘ladi. U yerosti metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun 
ishlatiladi. Brizol asosga bitum-rezinali maxsus mastika yordamida elimlanadi.
Izol
-bitum, devulkanizatsiyalangan rezina, mineral kukun, antiseptik va 
plastifikator aralashmasi massasini prokatlash usulida tayyorlangan asossiz 
o‘rama gidroizolyasiya va tombop material.
Izol ruberoidga nisbatan elastiklik, biologik muhitga chidamli va xizmat 
qilish muddati ikki marta ko‘proq. Izol eni 800 va 1000 mm, qalinligi 2 mm, 
umumiy polotno yuzasi 10-15 m
2
holatda tayyorlanadi. U gidrotexnik 
inshootlarni, rezervuarlarni, basseynlarni, erto‘lalarni, truboprovodlarni, qiyali 
va yassi tomlarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Izol asosga sovuq va issiq 
bitumli mastikalar yordamida elimlanadi.
Tol
-texnik kartonni qatronlarda shimdirib ikki tomonidan qatron va qum 
yoki mineral kukunlar sepilib olingan o‘rama material. Yirik mineral sepmali 
tol tekis tomlar gidroizolyasiya qatlamining Yuqori qavatiga, qum sepmali tol 
esa bino va inshootlar poydevori va boshqa qismlari, vaqtincha inshootlarning 
tomi gidroizolyasiyasi uchun ishlatiladi.
Tol
-charm va gidroizolyasion tol texnik kartonni qatronlarda shimdirib, 
qatron va mineral kukun sepmasisiz olinadi. U ko‘pqatlamli gidroizolyasiya 
qoplamasining pastki qavatlarida va bug‘ izolyasiyasida ishlatiladi.
Qatronbitumli o‘rama material texnik kartonni qatronga shimdirib, ikki 
tomondan bitum va mineral kukun sepib tayyorlanadi. Ular ko‘pqatlamli tom 
gidroizolyasiya qoplamasi barpo qilishda ishlatiladi.
Tombop va gidroizolyasiya o‘rama materiallari suv shimuvchanlik, suv 
o‘tkazmaslik, issiqqa bardoshlilik va mustahkamlik bo‘yicha texnik talablarga 
mos kelishi kerak. Masalan, shisharuberoidning suv shimuvchanligi 5% gacha, 
0,07 MPa gidrostatik bosimda 10 min davomida namuna yuzasida suv 
tomchilari paydo bo‘lmasligi kerak.
Ruberoid, shisha ruberoid kabi bitum bog‘lovchisi asosidagi o‘rama 
materiallarning issiqqa bardoshliligi 80
0
S, tolniki esa 45
0
S. Eni 50 mm qilib 
o‘rama materialdan kesib olingan namunaning cho‘zilishdagi mustahkamligi 


ruberoid uchun 320-340 N, shisharuberoid uchun 300 N dan kam bo‘lmasligi 
talab etiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin