”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


 Plastmassalarning tarkibi va xossalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2. Plastmassalarning tarkibi va xossalari 
Plastmassa kompozitsiyalari polimer bog‘lovchi, kukun to‘ldirgich, 
plastifikator, qotiruvchi, stabilizator, bo‘yoqlar va boshqa modifikatorlardan 
iboratdir.
Plastmassalar tarkibi 
 
Bog‘lovchi moddalar
sifatida polimerlar-sintetik smolalar, kauchuklar, 
sellyuloza 
birikmalari 
ishlatiladi. 
Polimer 
bog‘lovchining 
turi 
plastmassalarning issiqqa bardoshlilik, kislota va ishqorlarga bardoshlilik, 
mustahkamlik va deformativlik va boshqa xossalarini belgilaydi.
Polimer bog‘lovchilar ishlab chiqarishda neft, toshko‘mir, tabiiy gazlar, 
o‘simlik dunyosi va boshqa organiq moddalar ishlatiladi. Polimerlarni organiq 
sintez qilish jarayonida havodan olinadigan azot, kislorod va boshqa gazlar 
ishlatiladi.
Polimerlar tannarxini belgilovchi omillar xomashyoning tannarxi va 
sintez jarayonining murakkablik darajasi hisoblanadi. Texnik taraqqiyotning 
rivojlanishi va organiq sintezni mukammallashishi va arzonlashishi polimer 
bog‘lovchilar xossalarini yaxshilanishiga va tannarxining arzonlashishiga 
sabab bo‘ladi.
Kukun to‘ldirgichlar 
noorganiq va organiq xomashyo asosida olinadi. 
Ular tuzilishi jihatidan kukun va dispers tolasimon bo‘lishi mumkin. Dispers 
kukunlar sifatida kvars qumi, alyuminiy, giltuproq, ohaktosh, dolomit va 
boshqa minerallardan maydalab olingan materiallar ishlatiladi.
Tolasimon to‘ldirgich sifatida shisha, asbest, bazalt, nitron, tekstil 
chiqindilari ishlatiladi. Qatlamli plastmassalar olishda qog‘oz, matolar, 
yog‘och shponi va boshqa yupqa qatlamli materiallar qo‘llaniladi. Kukun 
to‘ldirgichlar plastmassalar xossalarini yaxshilaydi va polimer bog‘lovchini 
tejaydi. Masalan, mineral kukunlar plastmassalarning issiqqa bardoshliligini, 
kimyoviy muhitlarga chidamliligini, tolasimon va matoli to‘ldirgichlar 
cho‘zilishdagi va egilishdagi mustahkamligini oshiradi.
Dispers (kukun) to‘ldirgichlar yuzasiga mexanik-kimyoviy aktivatsiya 
usulida ishlov berib plastmassalarning xossalarini keskin yaxshilashi mumkin. 
Bunda to‘ldirgich yuzasiga maydalanish jarayonida turli tuz birikmalari va 
gidrofob yoki difil sirt-aktiv moddalar va boshqa modifikatorlar bilan ishlov 
beriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin