”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Polivinilatsetat
pollar bog‘lovchi tarkibiga kukun to‘ldirgich (kvars 
kukuni, kullar va sh.k.) pigment va suyultirish uchun suv qo‘shilib maxsus 
qorgichda 4-5 min yaxshilab aralashtiriladi. Olingan mastika asosga purkagich 
vositasida 2-3 qatlam sepiladi. Bunda keyingi qatlam avvalgi qatlam qurigach 
sepilishi kerak. Ular jamoat binolari, yengil va oziq-ovqat sanoati xonalari 
pollarini qoplashda ishlatiladi. Polivinilatsetat pollar gigiena talablariga javob 
beradi, lekin namli sharoitda va zarbiy ta’sirlar kuzatiladigan joylarda ishlatish 
mumkin emas.
Polimersementli
pollar portlandsement va ishqoriy sharoitda qotadigan 
polimerlar asosida olinadi. Polimer bog‘lovchi sifatida polivinilatsetat 
emulsiyasi, atseton-formaldegid smolasi va uning sopolimerlari, SGS-65 GP 
dispersiyasi va boshqalar ishlatilishi mumkin. Odatda polimer mastikaga 
massasiga ko‘ra 5-7% sement qo‘shiladi. Ular mustahkam, edirilishga 
chidamli, suv o‘tkazmaydi va gigiena talablarini qondiradi. Pollar jamoat va 
sanoat binolarida intensiv harakat kuzatiladigan joylarda ishlatiladi.


Polimer kompozitsiyalar
asosidagi pol uchun mastikalar poliefir, 
karbamid, epoksid, atseton-formaldegid va boshqa smolalar zaminida 
tayyorlanadi.
Poliefir smolasi mastikalari oq rangli saja, shisha tolasi va qotirgich 
qo‘shib olinadi. Poliefirli mastikalar gigiena talablarini qondiradi, edirilishga 
bardoshli, mustahkam, zarbiy kuchlanishlarga chidamli, dekorativ materialdir. 
Ular kimyoviy moddalar ta’siri kuzatiladigan xonalar va sanitariya-texnika 
xonalari pollarini qoplashda ishlatiladi. Boshqa termoreaktiv smolalar 
asosidagi mastikalar ham jamoat va sanoat binolarida bezakli va turli agressiv 
muhitlarga chidamli pollar olishda ishlatiladi.
4. Pogonaj va sanitariya-texnika buyumlari 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin