”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Pigmentning dispersligi 
bo‘yoq tarkiblarining xossalarini belgilovchi 
eng muhim ko‘rsatkichdir. Disperslik ortgan sari pigmentning yopuvchanligi, 
ranglash kuchi va moy sig‘imi oshib boradi. Pigmentning tarkibi bir-birini 
to‘ldiruvchi fraksiyalardan iborat, ya’ni polidispers bo‘lsa, bog‘lovchining 
sarfi kamayadi va sifatli bo‘yoq qoplamasi hosil bo‘ladi.
Pigmentning yopuvchanligi 
1m
2
yuzani qoplash uchun bo‘yoq 
tarkibidagi pigment (g) sarfi bilan o‘lchanadi.
Pigmentning ranglash kuchi 
oq pigment bilan aralashtirilganda o‘zining 
rangli tusini berish qobiliyati bilan belgilanadi.
Pigmentlarning yopuvchanligi va ranglash kuchi ularning turiga, tabiatiga 
hamda dispersligiga bog‘liq bo‘ladi.
Pigmentning nurga chidamliligi 
ultrabinafsha nurlar ta’sirida uzoq 
muddat rangini saqlab qolish xususiyati bilan ifodalanadi. Odatda tabiiy 
mineral pigmentlar nur ta’siriga chidamli bo‘ladi, organiq pigmentlar esa 
ultrabinafsha nur ta’sirida vaqt davomida rangi va xususiyatlarini o‘zgartiradi.
Pigmentning moy sig‘imi 
100g pigmentni pastasimon holatga keltiruvchi 
olif miqdori (g) bilan o‘lchanadi. Uning moy sig‘imi dispersligiga va kukun 
donachalarining mikrog‘ovakligiga bog‘liq.
Pigmentning atmosfera muhitiga chidamliligi 
suv, kislorod, nordon 
gazlar, xo‘llanish va qurishning almashishi, muzlash va erish kabi atmosferada 
yuz beradigan tabiiy jarayonlar ta’siriga uzoq muddat bardosh berishi bilan 
belgilanadi.
Xususiy xollarda pigmentning ishqor muhitiga chidamliligi talab etiladi, 
chunki ba’zi pigmentlar ishqor eritmalari ta’sirida rangi va xususiyatlarini 
o‘zgartiradi. Bunday pigmentlar asosida olingan bo‘yoq tarkiblarni sementli 
beton va qorishma yuzalarni qoplashda, ishqoriy agressiv muhit mavjud 
bo‘lgan sanoat korxonalarida ishlatish maqsadga muvofiq emas. Deyarli 
hamma tabiiy pigmentlar va ko‘pchilik sun’iy pigmentlar (titanli belila, xrom 
oksidi va boshq) ishqoriy muhitlarga chidamli bo‘ladi. Kislota muhitiga 
chidamli bo‘lgan xrom oksidi, titanli belila, grafit va boshqalar ushbu 
muhitlarga bardoshli bo‘ladi.
To‘ldirgichlar 
bo‘yoq tarkiblariga pigmentlarni tejash, muayyan yangi 
xususiyatlar berish maqsadida kiritiladi. Ma’lum bir turdagi dispers to‘ldirgich 


bo‘yoq tarkibining mustahkamligini, korroziya muhitiga bardoshligini, 
olovbardoshligini 
va 
shu 
kabi 
xususiyatlarni 
yaxshilashi 
mumkin. 
To‘ldirgichlar sifatida talk, kaolin, kvars, asbest, slyuda, diatomit, ohaktosh, 
bo‘r kukunlari va boshqalar ishlatiladi. Bundan tashqari polietilen, 
polipropilen, polivinilxlorid kabi termoplastik polimerlar asosida olingan 
sintetik kukunlar ham hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlar bo‘yoq tarkiblari 
ishlab chiqarish tizimida keng miqyosda qo‘llanilmoqda.
Pigmentlar va to‘ldirgichlar bir-biriga tabiati jihatidan mos kelishi va 
polistruktura hosil qilishi bo‘yoq tarkiblarining xususiyatlarini mukammal 
bo‘lishini kafolatlaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin