Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kremniyorganiq polimerlar
asosida emallar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Kremniyorganiq
polimerlardan tayyorlangan bo‘yoqlar qotgach atmosfera
muhitiga va issiqqa
bardoshli, gidrofob yuza hosil qiluvchi xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday
qoplamalar havo oqimini bemalol o‘tkazadi.
Organiq erituvchilarda tayyorlangan xlorkauchukli emallar suv va
korroziya muhitlariga chidamli bo‘ladi. Ular metall va temirbeton
konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi.
Emallar tarkibida
uchuvchi moddalar miqdorini kamaytirish qoplamalar sifatini oshirishga olib
keladi.
Suv-dispersiyali bo‘yoqlar (latekslar).
Suv-dispersiyali bo‘yoqlar oddiy
sharoitda bir-biri bilan aralashmaydigan moddalarni sirttarangligini keskin
kamaytiruvchi emulgatorlar vositasida emulsiya holatiga keltirib olinadi. Suv-
dispersiyali bo‘yoqlarda suv tashqi faza bo‘lib, bo‘yoq qoplamasi hosil
qiladigan komponentlar ushbu fazada globula holatida bo‘ladi. Bo‘yoq yuzaga
surkalganda suv qisman asosga shimiladi va bug‘lanadi,
natijada emulsiya
parchalanadi va globulalar bir-biriga yopishib silliq qoplama hosil qiladi.
Qoplama havoda qurib qotgach, namlikka chidamli va havo oqimini
o‘tkazuvchi qoplama hosil bo‘ladi. Bu usulda olingan latekslar inson
organizmiga zararsiz, texnologik jihatdan qulay, yonmaydigan material bo‘lib,
qoplama qalinligi va zichligini uning tarkibiga
suv kiritib istalgancha
o‘zgartirish mumkin.
Suv-dispersiyali latekslar ichida eng keng tarqalgani polivinilatsetat
emulsion bo‘yoqlardir. Ular polivinilatsetat polimerining suvdagi dispersiyasi
bo‘lib, dibutilftalat bilan plastifitsirlanadi va xossalarini yaxshilash maqsadida
tarkibiga pigment va modifitsirlovchi qo‘shimchalar kiritiladi. Olingan
dispersion bo‘yoq atmosfera va nam sharoitga chidamli va beton, suvoq,
yog‘och yuzalarga adgeziyasi Yuqori bo‘ladi.
Akrilat dispersion bo‘yoqlar akril polimerlarining
suvdagi emulsiyasi
bo‘lib, atmosfera muhitiga chidamli va uzoq muddat xizmat qiladi. Akrilat
latekslari bino va inshootlarni tashqi tomondan va namlik bo‘lishi ehtimoli
bo‘lgan xonalarni bezashda ishlatiladi.
Kremniyorganiq polimerlar asosida olingan latekslar gidrofoblik
xossasiga ega bo‘ladi. Ular issiq harorat ta’sirida
uzoq muddat
parchalanmaydi. Kremniyorganiq latekslar bino, inshootlar va qurilish
konstruksiyalarini qoplashda ishlatiladi.
Butadienstirol emulsion bo‘yoqlar gliftal loklarning suvdagi dispersiyasi
bo‘lib, Yuqori sifatli bezak qoplamalari hosil qilishda qo‘llaniladi.
Hozirgi
kunda yuvilmaydigan, uzoq muddat xizmat qiladigan, arzon, mahalliy
komponentlar asosida olinadigan suv-dispersiyali bo‘yoqlar tayyorlash dolzarb
masala hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: