quruq bo‘yoq tarkiblar rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Ularni
tashish, saqlash tejamli, ishlatish esa juda qulaydir.
Keramik mikrosferali bo‘yoqlar.
Choksiz
issiqlik izolyasiyasi
materiallari (CHIIM) mikrodarajada havo to‘ldirilgan o‘ta
yupqa devorli
keramik mikrosferalar asosida olingan yangi materialdir. CHIIMlar oq va
rangli, cho‘ziluvchan, polimer bog‘lovchilarga keramik mikrosferalar qo‘shib
tayyorlanadi. Uning 20
o
S haroratdagi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti –
0,001 VT/M
o
S. Bo‘yoq qurigach yengil, cho‘ziluvchan issiqlik izolyasiyasi
qoplama materialga aylanadi. CHIIMlar yuzalariga -10
0
S dan +200
0
S gacha
haroratda surtiladi, -60
0
Sdan +250
0
S gacha xaroratda 15
yilgacha ishlatilishi
mumkin. Antikorroziya qoplamasi u bug‘ni o‘tkazadi, yuzaga katta kuch bilan
yopishadi.
CHIIM lar binolar fasadlar, ichki devorlar, tomlar,
beton pollar, issiq va
sovuq suv trubaprovodlari, paraprovodlar,
sovutish tizimlari, havo
o‘tkazuvchilar va sh.k. issiqlik izolyasiyasi va bezash uchun ishlatiladi.
Keramik mikrosferali bo‘yoqlar quyidagi avzalliklarga ega:
-
Metall, beton, g‘isht, cherepitsa, keramika, fasad, plastik, shisha va
boshqa yuzalarga Yuqori adgeziya;
-
Neft mahsulotlari,
tuzli eritmalarga, ishqorlarga, ultrabinafsha
nurlarga, atmosfera muhitiga, harorat o‘zgarishiga bardoshli;
-
Issiqlik saqlashda samarador. Issiqlik nurlarini 85% qaytaradi.
-
Metall konstruksiyalarning deformatsiyalanishi oldini oladi;
-
Qoplamali purkash jarayoni mehnat talabligi kam;
-
+260
0
S
kirishadi, +800
0
S parchalanadi va uglerod oksidi va azot
oksidi ajratadi va olovni tarqalishini sekinlashtiradi.
-
Ekologik xavfsiz, rN – 8,5 – 9,5.
Dostları ilə paylaş: