Ignabargli daraxtning tanasida naychalar bo‘lmaydi; u asosan uzunchoq
xujayra-traxeidlardan tuzilgan. Traxeidlar orasida smola bilan to‘lgan yo‘llar
bo‘ladi. Mexanik xujayralar devorlarining qalinligi bilan xarakterlidir.
Tuzilishi va xossalari jihatidan yog‘och tabiiy kompozitsion materialdir.
3. Yog‘ochning asosiy xossalari
Fizik xossalar.
Yog‘och tarkibi asosan sellyulozadan iborat bo‘lgani
uchun uning zichligi o‘zgarmas bo‘lib, qiymat jihatidan 1,54 gsm
3
teng.
Yog‘ochning o‘rtacha zichligi esa, uning turiga nisbatan o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Xatto bir turdagi yog‘ochning o‘rtacha zichligi daraxtning o‘sgan joyi,
obhavosi, tuprog‘i tarkibiga qarab o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Yog‘och
namligining oshishi uning o‘rtacha zichligining oshishiga olib keladi. Shuning
uchun yog‘ochning standart o‘rtacha zichligi nisbiy namligi 12% bo‘lganda
aniqlanadi.
Yog‘ochda gigroskopik namlik va kapillyar namlik bo‘ladi. Gigroskopik
namlik to‘qima
devorlarida shimilgan holda, kapillyar namlik esa to‘qima
bo‘shlig‘i va to‘qimalar aro bo‘shliqlarda bo‘ladi.
Gigroskopik namlik chegarasi 30% atrofida bo‘ladi. Yog‘ochning to‘liq
namligi (gigroskopik va kapillyar namlik) 30% ortiq bo‘lib, yangi kesilgan
yog‘och uchun 40-120% oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Yog‘och
suvda uzoq
muddat saqlanganda namligi massaga nisbatan 200 % gacha ortadi.
Yog‘ochning muvozanat namligi muhitning harorati va namligiga bog‘liq
bo‘ladi. Xonada saqlangan yog‘ochning namligi 8-12%, quruq havoda
saqlangan yog‘ochning namligi 15-18% bo‘lishi mumkin.
Qurishi, shishishi va tob tashlashi muxit harorati va namligiga bog‘liq
bo‘lib, yog‘ochdan tayyorlangan buyum va konstruksiyalarning
shakli va
o‘lchamlarining o‘zgarishiga olib keladi.
Yog‘ochning namligi gigroskoplik chegarasidan kamayganda uning
to‘qimalari bo‘shliqlaridagi namlikdan tashqari to‘qimalar
devorlaridagi
namlik ham chiqa boshlaydi. Bu esa yog‘ochning qoq qurishiga, xossalarning
o‘zgarishiga va tob tashlashiga olib keladi.
Yog‘och tolasimon tuzilishda bo‘lgani uchun qurishdan nisbiy kichrayish
turlicha bo‘ladi: tolalari bo‘ylab-0,1% (1m ga 1mm), radial yo‘nalish
bo‘yicha3-6% (1m ga 3-6sm) va tangensial yo‘nalish bo‘yicha-6-12%(1m ga
6-12 sm).
Hajmiy kichrayishni, tolalari bo‘ylab kichrayishni hisobga olmagan holda,
0,1% aniqlikda quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
ab
a
o
b
o
100% ,
U
v
ab
bu erda a va b-boshlang‘ich namlikdagi namunaning
ko‘ndalang kesim
yuzasi o‘lchamlari: a
o
va b
o
-huddi shunday, absolyut quruq holatda.