Tekstura
-yog‘ochning yillik xalqalari, nurlari, yog‘ochligidan iborat
tabiiy chizgilardir. Dub, buk, yasen, chinor, nok, yong‘oq daraxtlari teksturasi
chiroyli hisoblanadi. Tropik yog‘ochlar-ebek qora, bakut qo‘ng‘ir rang, qizil va
temir daraxtlari juda chiroyli teksturaga ega bo‘ladi. Zich yog‘ochlar qayta
ishlaganda yaltiraydi, namlik ta’sirida chirish bu xususiyatni kamaytiradi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik yog‘ochning turiga, zichligiga, namligiga,
bog‘liq bo‘ladi. Quruq holatdagi qarag‘ayning issiqlik o‘tkazuvchanligi tolalari
bo‘ylab 0,34 Vt (m
0
S), tolalariga perpendikulyar yo‘nalishda 0,17 Vt (m
0
S),
ga teng bo‘ladi.
Elektr o‘tkazuvchanlik yog‘ochning namligiga bog‘liq. Quruq holatdagi
qarag‘ayning elektr qarshiligi 75x10
7
Om
.
sm. Xo‘llanganda bu kattalik o‘nlab
marta kamayib ketadi. SHu sababli elektr tizimida ishlatiladigan yog‘och
quruq holatda bo‘lishi shart.
Yog‘ochning tolasimon strukturasi uning xossalarini ta’sir etuvchi
kuchning yo‘nalishiga qarab turlicha bo‘lishiga olib keladi. Yog‘ochning
tolalari bo‘ylab siqilishga mustahkamligi tolalariga ko‘ndalangiga nisbatan 4-6
marta ko‘p bo‘ladi. Yog‘ochning mexanik xossalari uning turiga, namligiga va
nuqsonlariga bog‘liq bo‘ladi. Yog‘och egilishga va cho‘zilishga tolalari
bo‘ylab, siqilishga esa tolalariga ko‘ndalang ravishda yaxshi ishlaydi .
Asosiy yog‘och turlarining fizik-mexanik xossalari
Yog‘och
turlari
Zichli
k, kg
m
3
Hajmi
y
kirishi sh
koef.,
%
Tolalari bo‘ylab mustahkamlik chegarasi, MPa
Cho‘zilishda
gi
Siqilishda
gi
Radial
kuchlar
ta’siri
da
Statik
egilishda
gi
Igna bargli yog‘ochlar
Listvenni
sa
660
0,52
125,0
64,5
9,9
111,5
Qarag‘ay
500
0,44
103,5
48,5
7,5
86,0
El
445
0,43
103,0
44,5
6,9
79,5
Pixta
375
0,39
67,0
39,0
6,4
68,5
Tog‘
archasi
400
0,40
80,0
40,0
6,6
72,0
Bargli yog‘ochlar
Eman
690
0,43
123
57,5
10,2
107,5
Oq qayin
630
0,54
168
55,0
9,3
109,5
Buk
670
0,47
123
55,5
11,6
108,5
Lipa
495
0,49
121
45,5
8,6
88,0
Chinor
520
0,46
140
52,0
10,0
102,0
Terak
580
0,48
120
48,0
9,2
94,0
Yog‘ochning namligi uning mustahkamligini kamaytiradi. Yog‘ochda
uchraydigan ko‘zlar, qiyshiq qatlam, buralish, chirish kabi nuqsonlar uning
mexanik hossalarini yomonlashtiradi. Yog‘ochning agressiv muxitlarga
chidamliligi uning turiga bog‘liq. Igna bargli daraxtlar yog‘ochlari bargli
daraxtlar yog‘ochlariga nisbatan agressiv muxitlarga chidamli bo‘ladi.
Yog‘ochning agressiv muxitlarda buzilish tezligi muxitning konsentratsiyasiga
bog‘liq bo‘ladi. Kuchsiz ishqorlar va mineral kislotalarda yog‘och materiallar
uzoq muddat xizmat qiladi.
Yog‘och anizotrop material bo‘lganligi sababli mustahkamligi normativ
xujjatlarda me’yorlashtirilayotganda katta zaxira koeffitsienti beriladi.
Dostları ilə paylaş: |