”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2.
Yog‘ochning tuzilishi 
Daraxt ildiz, tana va shox-shabba qismlaridan iborat bo‘lib, ularning 
ko‘lami daraxtning turiga bog‘liq bo‘ladi. Daraxtning tana qismi 60-90% 
tashkil etib, sanoatda qayta ishlash ahamiyatiga egadir. Yog‘ochning 
makrostrukturasini oddiy ko‘z yoki lupa yordamida, mikrostrukturasini esa
faqat mikroskop yordamida o‘rganish mumkin.
 
Yog‘och makrostrukturasi
. Makrostrukturani tanani tangensial, radial va 
ko‘ndalang qirqimlar yordamida o‘rganiladi (1-rasm).
Daraxt tanasi o‘zak, yog‘ochlik kambiy va po‘stloq qismidan iborat 
bo‘ladi (1, b-rasm).
O‘zak juda bo‘sh bog‘langan xujayralardan iborat bo‘lib, kichik 
mustahkamlikka ega va namlik ta’sirida tez chiriydi. Po‘stlog‘i tashqi qobiq va 
ichki lub qatlamlaridan tashkil topgan bo‘lib, daraxtning tashqi muhit ta’siri va 
mexanik shkastlanishlardan saqlaydi. Lub qatlami orqali o‘sayotgan daraxt 
oziqlanadi. Lub qatlami ostida yupqa kambiy xujayra qatlami joylashgan. Har 


yili daraxtning o‘sish davrida kambiy po‘stloq va ichki tomonga yog‘och 
xujayralarini suradi va yog‘ochlik kengayib boradi. SHu sababli, daraxtning 
ko‘ndalang kesimida yillik xalqalar hosil bo‘ladi.
Yillik xalqalar ikki qatlamdan iborat:
Bahorgi –bahor va yozning boshida, yozgi-yozning oxirida hosil bo‘lgan 
yog‘och qatlamlari. Bahorgi yog‘och qatlami och rangli yirik yupqa 
xujayralardan iborat bo‘lib, yozgi qatlam esa to‘q rangli mayda pishiq 
xujayralardan tashkil topadi.
 Yog‘och tanasining tuzilishi
a) Daraxt tanasining asosiy kesmalari: 1-ko‘ndalang; 2-radial; 3tangensial; 
b) Daraxt tanasining ko‘ndalang kesimi: 1-po‘stloq; 2-kambiy; 3lub; 4-zabolon; 5-
o‘zak; 6-o‘zak nurlari.
Daraxtlar mag‘izli (qarag‘ay, eman, kedr) va mag‘izsiz (qayin, zarang, 
olxa) turlarga bo‘linadi. Mag‘izli daraxtlarda mag‘iz va po‘stloq osti qatlami, 
mag‘izsiz turlarida esa, faqat po‘stloqosti qatlami bo‘ladi. Ba’zi daraxtlarda 
(qora qarag‘ay, oq qarag‘ay, qora qayin) yog‘ochlikning markaziy qismi 
mag‘izning barcha xossalariga ega bo‘lib, rangli chetki qismlari rangidan farq 
qilmaydi va etilgan yog‘ochlik deyiladi.
Daraxtda namlik va ozuqa o‘zak nurlari orqali ko‘ndalang kesim bo‘yicha 
tarqaladi. Igna bargli daraxtlarda ular juda tor bo‘lib, mikroskop ostida ko‘rish 
mumkin. YOg‘och o‘zak nurlaridan mexanik ta’sirlar ostida tez sinadi va 
quritish davrida chetnashi mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin