”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Loklar va emalli bo‘yoqlar. 
Loklar tabiiy va sun’iy smolalarni organiq 
erituvchilardagi eritmasidir. Loklar yuzalarga surkalganda yoki sepilganda 
organiq erituvchilar bug‘lanishi natijasida asosga mustahkam yopishgan 
qoplama hosil qilishi kerak.
Lok qoplamalari sifatini oshirish uchun tarkibiga plastifikator, qotiruvchi 
va maxsus qo‘shimchalar kiritiladi.


Qurilish tizimida asosan moy-smolali, moysiz sintetik, bitumli (asfaltli), 
spirtli loklar va nitroloklar ishlatiladi.
Moy-smolali loklar 
organiq erituvchilarda eritilgan o‘simlik moylari 
bilan modifitsirlangan tabiiy hamda alkid smolalardan (gliftalli, pentaftalli va 
boshq.) iborat qorishmadir.
Moy-smolali loklar asosan binolarning ichida moyli bo‘yoqlar ustidan 
qoplashda, yog‘och yuzalarni va konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi. 
Bundan tashqari ular tashqi metall va yog‘och konstruksiyalarni qoplashda, 
emallarni suyultirishda, mastika va shpaklevkalar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Moysiz sintetik loklar asosan perxlorvinil smolasini organiq erituvchilarda 
eritib olinadi.
Ular rangsiz, 20
0
S haroratda 2 soat davomida quriydi. Moysiz sintetik 
loklar moyli bo‘yoqlar ustiga surtish, qurilish konstruksiyalarini atmosfera 
muhitidan himoyalash uchun ishlatiladi.
Karbamid-formaldegid polimeri asosida olingan moysiz sintetik loklar 
parket pollarni, yog‘och-tolali va yog‘och payraxali plitalarni, duradgorlik 
buyumlarini qoplash uchun qo‘llaniladi.
Bitumli yoki asfaltli loklar 
neft bitumlarini yoki asfaltni yoki ularning 
aralashmasini o‘simlik moylari bilan qorishtirib organiq erituvchilarda eritib 
tayyorlanadi. Ular kanalizatsiyada ishlatiladigan cho‘yan quvurlarni, 
sanitariya-texnika uskunalarining metall qismlarini va boshqa er ostida 
ishlatiladigan metall konstruksiyalarni qoplash uchun mo‘ljallangan. 
Toshko‘mir loki toshko‘mir pekining organiq erituvchilardagi eritmasi bo‘lib, 
cho‘yan va po‘lat konstruksiyalarni korroziya muhitidan himoyalash uchun 
ishlatiladi.
Nitroloklar-
nitrotsellyulozaning organiq erituvchilardagi eritmasi bo‘lib, 
plastifikatorlar sifatida turli smolalar ishlatiladi. Ular tez quriydi va qotgach 
yaltiroq parda hosil qiladi. Nitroloklar yog‘ochdan tayyorlangan buyum va 
qismlarni loklash va bo‘yoq ustidan yaltiratish uchun ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin