polimerbetonlar uchun bog‘lovchi sifatida qo‘llanilishi mumkin. To‘ldirgichlar
polimerbetonlarning ishlatilish muhitiga qarab tanlanadi. Polimerbeton
kislotali muhitda ishlatilishi mo‘ljallangan bo‘lsa
kislotaga chidamli
to‘ldirgichlar-kvars, bazalt, granit qumi va kvarsit chaqiq toshi, kislotaga
chidamli g‘ishtning maydasi va sh.k. ishlatiladi. Aksincha, ishqoriy muhitda
qotadigan atseton-formaldegid polimeri va epoksid smolasi tarkibiga kalsit,
dolomit va boshqa ishqoriy toshlar asosida olingan to‘ldirgichlarni
kiritish
mumkin. Polimerbetonlar optimal strukturasi hosil bo‘lishida kukun
to‘ldirgichlarning tarkibi, xossalari katta ahamiyatga ega. Kukun to‘ldirgich
sifatida andezit, diabaz, kvars, koks, shamot, antratsit, marshalit, shlak, kullar,
fosfogips va boshqalar ishlatiladi.
Fenol-formaldegid,
karbamid-formaldegid
smolalari
asosidagi
polimerbetonlar tannarxi arzon va keng tarqalgan. Bu polimerbetonlar kislotali
qotiruvchi ishtirokida xona haroratida qotadi.
Furan polimerlari va ularning epoksid, fenol-formaldegid va boshqa
polimerlar bilan aralashmalari Yuqori konsentratsiyadagi kislotalarga chidamli
polimerbetonlar olishda bog‘lovchilar sifatida ishlatiladi. Furanli polimerlar
benzolsulfokislota, Petrov kontakti kabi kuchli kislotalar muhitida qotadi.
Epoksid smolalari asosidagi polimerbetonlar Yuqori mustahkamlik,
kimyoviy muhitlarga universal chidamlilik xususiyatlariga ega.
Polimerbetonlar tarkibini tanlash murakkab bo‘lib, ko‘plab o‘tkazilgan
tajribalar asosida keltirib chiqarilgan emperik
formulalar yordamida amalga
oshiriladi. Polimerbeton uchun bog‘lovchi sarfi 100-240 kg m
3
atrofida bo‘lib,
polimer-kukun to‘ldirgich nisbati 1:2-1:4 orasida bo‘ladi. Polimerbeton
qotishini tezlashtirish uchun 40-90
0
S haroratda 6-24 soat davomida ishlov
berish maqsadga muvofiqdir. Karbamid-formaldegid singari kuchsiz kislotalar
va nordon tuzlar ta’sirida tezlikda qotadigan polimerlar asosidagi
polimerbetonlarni xona haroratida qotirish mumkin.
Polimerbetonlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60-130
MPa, cho‘zilishdagi mustahkamligi 6-22 MPa, egilishdagi mustahkamligi
1542 MPa bo‘ladi. Ularning sovuqqa chidamliligi /200-/500 va undan ko‘p
bo‘lishi mumkin; issiqqa bardoshliligi 100-200
0
S.
Polimerbetonlarning
mo‘rtligini
yanada
kamaytirish
uchun
plastifikatorlar, qotayotganda ichki zo‘riqishini pasaytirish maqsadida galogen
va sulfat tuzlari kiritish mumkin. Polimerbetonlarning cho‘zilishdagi
mustahkamligini oshirish uchun, yoriqlar hosil bo‘lishigi bardoshli bo‘lishi
uchun
tarkibiga asbest, shisha tolasi, bazalt tolasi, boshqa sintetik tolalar
kiritiladi.
Polimerbetonlar kamchiligiga yuklama ta’sirida vaqt bo‘yicha
deformatsiyalanish ko‘rsatkichining Yuqoriligi, issiqlik va namlikning
almashib ta’sir etishi natijasida eskirishi kiradi.
Polimerbeton ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘p
jihatlari bilan
(komponentlarni o‘ta aniq dozirovkalash, ularni aralashtirish va sh.k.) kimyo
texnologiyasiga yaqin turadi. Polimerlar, qotiruvchilar, plastifikatorlar va
boshqa modifikatorlar
maxsus idishlarda saqlanish, dozirovkalash, qorishma
tayyorlash, qoliplash va issiqlik bilan qayta ishlash jarayonida aniqlik va
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Polimerbeton sexi
kuchli shamollatish tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi, ishchilar shaxsiy
himoya vositalari (ko‘zoynak,
maxsus kiyim, rezinali qo‘lqop, respirator va
h.k.) bilan ta’minlanishi zarur.
Polimerbetonlar umuman, boshqa kompozitsion materiallar (sementli
beton, asfaltbeton va boshq.) bardosh bera olmaydigan muhitlarda ishlatiladi.
Ular asosida kimyoviy muhitlarga (kislota, ishqor, tuzli va boshqa muhitlar)
bardoshli buyum, qism va konstruksiyalar tayyorlanadi. Furanli, fenol-
formaldegidli polimerbetonlar kislotalar, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqariladigan
korxonalarda, epoksidli, poliefirli polimerbetonlar kislotali va ishqorli
muhitlarda, sanitariya-texnika buyumlari va qismlari tayyorlashda ishlatiladi.
Polimerbetonlar biologik aktiv muhitlarga (achitqilar, bakteriyalar)
chidamli bo‘lgani uchun biotexnologiya korxonalari,
meva-sabzavotlar
saqlanadigan omborxonalar, molxonalar va boshqa qurilishlarda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: