”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Po‘lat 
ishlab 
chiqarish 
jarayoni.
Cho‘yan 
tarkibidagi 
aralashmalarniuglerod, kremniy, marganets, oltingugurt, fosfor va sh.k. turli 
usullar bilan kamaytirib po‘lat olinadi. Bu jarayonda aralashmalar shlakka 
aylanadi yoki butunlay yonib ketadi. Po‘lat eritishda asosiy xom ashyo cho‘yan 


bo‘lib, po‘lat bo‘laklari, ferroqotishmalar, temir rudasi va flyuslar ham 
ishlatiladi.
Quyida po‘lat eritishning asosiy usullarini qisqacha izohlab o‘tamiz.
Konvertor usuli.
Konvertor usulida po‘lat olish suyuqlangan cho‘yanga 
siqilgan havo purkab qo‘shilmalarni shlakka o‘tkazishdan iborat. Konvertor 
noksimon shaklda bo‘lib, ichiga olovbardosh material qoplangan po‘lat 
idishdir. Konvertorga yuborilgan kislorod bilan boyitilgan havo ta’sirida 
temirning chala oksidi FeO hosil bo‘ladi. Kislorod kremniy, marganets, fosfor 
oksidlari bilan reaksiyaga kirishib oksidlar hosil qiladi. Bu oksidlar shlakka 
o‘tadi yoki kuyib ketadi, FeO esa sof temirgacha tiklanadi.
Konvertor sxemasi
1-aylanadigan noksimon idish; 2-futerovka; 3-havo beriladigan furm 
teshik; 4-burish mexanizmi.
Bu usulda temir olish jarayoni 15-30 minut davom etadi. Zamonaviy 
konvertor sig‘imi 600 tonna bo‘ladi va bu usulda po‘lat olish Yuqori unumli va 
tejamlidir. Bu usulning kamchiligiga po‘lat tarkbiga pufakchalar kirib qolishi 
hisoblanadi. Konvertor po‘latidan profillar, listlar, simlar tayyorlanadi va 
qurilishda ishlatiladi.
 
Marten usuli. 
Marten usulida cho‘yan temir rudasi yoki metallom 
(ikkilamchi xomashyo) bilan birga maxsus pechlarda yoqilg‘i gaz va kislorod 
aralashmasini purkab olinadi. Bu jarayon natijasida 4-8 soat davomida avval 
temirning chala oksidi hosil bo‘ladi va sof temirgacha tiklanadi.



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin