Talabalar laboratoriya ishlarini bajarishda ish bo‘yicha qo‘llanmada
ko‘rsatilgan tartib bilan tanishib chiqishlari va qo‘llanmada keltirilgan ko‘rsatmaga
rioya qilishlari shart.
Barcha olingan natijalar shuningdek sxemalar daftarga kiritilishi shart.
Laboratoriya ishi daftarga yozilgandan so‘ng talabalar o‘zini
ishchi
daftarlarini laboratoriya ishini olib boruvchi o‘qituvchiga ko‘rsatishi shart.
O‘quv yilining oxirida to‘ldirilgan daftar talaba tomonidan “Qurilish
materiallari”kafedrasiga topshiriladi.
Dars qo‘yib yuborilgan taqdirda talaba qo‘yib yuborilgan ishlarni o‘qituvchi
tayinlagan muddatda bajarishi shart.
Priborlar, apparatlar va mashinalar bilan ishlashda talabalar oldindan mashina
va priborlarni sxemasi bilan tanishib chiqishi kerak. Aylanuvchi yoki
xaraktlanuvchi qismlari bor priborlar bilan ishlashda extiyotkorlikka va intizomga
qattiq rioya qilishi kerak.
Kapyorlar bilan ishlashda namuna formalarini qotirish
vaqtida tushayotgan
yuk qo‘lga o‘ralmasligi uchun extiyot bo‘lish lozim.
Kuydirilgan ohak bilan ishlashda extiyotkorlikka rioya qilish kerak va yuzga
tegishdan extiyot bo‘lish lozim.
Ishqor va kislotalar bilan ishlashda ularni kuyishda tomchilari qo‘lga va
kiyimga tegishdan alohida extiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Yuqori haroratgacha quritilgan materiallar bilan ishlashda maxsus
moslamalardan foydalanish va kuyishdan ximoyalanish zarur.
Talaba kuyib qolganda yoki biron joyi kesilsa darxol o‘qituvchiga yoki
laborantga yordam olish uchun murojat qilish kerak.
Laboratoriya ishi bo‘yicha talaba to‘liq instruksiyaga ega bo‘lmagan
xolda
ishga kirishish qatian man qilinadi.
Instruksiya olinmasdan avval ishga kirishish qatian man qilinadi.
O‘qituvchi yoki laborant ruxsatisiz priborlarni yoqishga yo‘l qo‘ymaydi.
Ishlash vaqtida barcha ish joylari yoritilagan bo‘lishi kerak.
Yodda tutish kerakki 127 V, 220 V, 380 V qarshilik bilan tok hozirda keng
qo‘llanilishi xatto uning kam miqdori (0,05A ) xavf tug‘dirishi, odamdan o‘tuvchi
0,1 A tok kuchi o‘lish holatiga olib kelishi mumkin.
Instrumentlar ishlash joyi va priborlarga tok
ulanish joylari ishonchli
ximoyalangan bo‘lishi lozim.
36 V dan Yuqori qarshilikda eletrifitsirlangan instrumentlar qo‘llanilganda
o‘tkazgichning yer bilan tishlanganligi tekshirish kerak. yer bilan tishlantirishda
instrument kopusiga ulanish joyi nometal qobiqlar yordamida
qoplanishga ruxsat
beriladi.
Xonadan tashqarida ishlashda qarshiligi 36 V gacha bo‘lgan elektik lampalar
qo‘llash lozim.
Yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtda agar ish joyi ayvon bilan ximoyalangan bo‘lsa,
elektr instrumentlar bilan ishlash taqiqlanadi.
Instrumentni korpusidan ushlangan xolda tashish lozim. Tok o‘tkazgich yoki
ishchi qismdan tashish mumkin emas.
Instrumentni korpusidan ushlangan xolda tashish lozim. Tok o‘tkazgich yoki
ishchi qismdan tashish mumkin emas.
Tok
bilan jaroxatlanganda, jaroxatlangan shaxsni darxol tok ta'siridan ozod
qilish kerak. Tez yordam chaqirish bilan birga unga birinchi yordam ( sun'iy havo
berish yo‘li bilan) ko‘rsatilish lozim.
Tok bilan jaroxatlanganda, jaroxatlangan shaxsni darxol tok ta'siridan ozod
qilish kerak. Tez yordam chaqirish bilan birga unga birinchi yordam ( sun'iy havo
berish yo‘li bilan) ko‘rsatilish lozim.
Laboratoriya ishlarini oxirida laborantlar va kafedra xodimlari mexanizm va
yoritish ish jihozlari (lampalarni) o‘rnatishlari lozim.
Ushbu qo‘llanma texnika xavfsizligi bo‘yicha qo‘llanma xisoblanib o‘qituvchi
tomonidan birinchi laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘tkazilishi lozim.
Ushbu qo‘llanmada ko‘rsatilgan bandlar barcha talabalar va “Qurilish
materiallari” kafedrasi laboratoriya xonalarida shug‘ullanuvchilar uchun majburdir.
Yo‘riqnomadan barcha talabalar shuningdek kafedraning ilmiy xodimlari,
o‘qituvchilari va barcha xizmat qiluvchi xodimlari o‘tishi kerak.