”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 
Klinker ishlab chiqarish
Klinker ishlab chiqarishda xomashyo tarkibini 75-78% ohaktoshlar va 
22-25% giltuproqlar tashkil etadi. Xomashyo tarkibini boyitish uchun 
tarkibiy oksidlarning birini tashkil etuvchi komponentlar kiritiladi. Kremniy 
oksidning miqdorini oshirish uchun kolchedan ogarkalari yoki rudasi 
qo‘shiladi. Bundan tashqari sement ishlab chiqarishda sanoat chiqindilaridan 
shlaklar, toshko‘mir kuli, nefelin shlami ishlatiladi. Ularning tarkibida 50-
60% SaO; 25-30% SiO
2
; 2-5% Al
2
O
3
; 3-8% boshqa oksidlar bo‘lishi 
mumkin. Bu yarimtayyor komponentlarni sement tarkibiga kiritilishi 
yoqilg‘i sarfini 20-25% kamaytiradi.


Klinkerni kuydirish asosan yoqilg‘i sifatida tabiiy gaz, xususiy hollarda 
esa toshko‘mir kukuni yoki mazut ishlatiladi. Gaz yoqilganda klinker toza 
kuydiriladi, ko‘mir va mazut yoqilishi esa klinkerni 10-20% ga nokerak 
komponentlar bilan boyitadi.
Sement ishlab chiqarish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 
ohaktosh va giltuproqni qazib chiqarish va zavodga keltirish; xomashyoni 
tayyorlash; xomashyoni kuydirib klinker olish; gips olib klinkerni tuyish 
(15% gacha gidravlik qo‘shimchalar qo‘shish mumkin); sementni 
omborxonalarga joylashtirish.
Xomashyo pishirish xumdonlariga 3 xil usulda tayyorlanadi: quruq, 
ho‘l va kombinatsiyalashgan usullar.
Ho‘l usulda xomashyo komponentlari turli usullarda maydalanib 
aralashtiriladi va suv ishtirokida tuyiladi. Hosil bo‘lgan massa-shlam 
nasoslar yordamida shlambasseynlarga yuboriladi. Shlam tarkibidagi suv 
miqdori 35-45% ni tashkil etadi. Uning tarkibidagi oson eruvchan ohaktosh, 
giltuproq dispers majmuani hosil qiladi. Ho‘l usulda klinker pishirilganda 
yoqilg‘i sarfi quruq usulga nisbatan 1,5-2 marta ko‘p sarflanadi. Ho‘l usulda 
xom ashyo tayyorlanganda suv ishtirokida mayin shlam massasi hosil 
bo‘ladi. Bu usulda xomashyo materiallar-ohaktoshlar karerdan keltiriladi va 
jag‘li va to‘qmoqli maydalagichlarda 5 mm kattalikgacha maydalanadi. 
Giltuproq va bo‘r yumshoq bo‘lganligi uchun glinaboltushkalarda 
ezg‘ilanadi. Maydalangan ohaktosh va giltuproq birgalikda sharli 
tegirmonlarda suspenziya holatigacha tuyiladi. Sharli tegirmon uzunligi 15 
m, diametri 3,2 m bo‘lgan, po‘latdan ishlangan silindr bo‘lib, ichi 3 
bo‘lakka bo‘lingan. Xomashyo ichi bo‘sh vallar (sapfa) orqali bosim ostida 
bir tomondan beriladi, ikkinchi tomondan esa olinadi. Tegirmon ichida 
birinchi va ikkinchi bo‘lmalar po‘lat yoki cho‘yan sharlar bilan, uchinchi 
bo‘lma esa kichik o‘lchamdagi silindrlar bilan to‘ldiriladi. Quvursimon 
tegirmonlar to‘xtovsiz ravishda ishlaydigan uskuna bo‘lib, soatiga 30-50 
tonna xom ashyoni shlam massasiga aylantirib beradi.
Hosil bo‘lgan shlam nasoslar yordamida temirbeton yoki po‘latdan 
yasalgan shlambasseynlarga yuboriladi. Shlambasseynlarda shlam tarkibi 
etiladi va 5-7 kunlik zahira miqdorida saqlanadi. Basseyndan shlam 
o‘lchovli ta’minlovchi orqali aylanma xumdonlarga kuydirish uchun 
uzatiladi.
Quruq 
usulda 
klinker 
siklonli 
issiq 
almashinuvchi 
reaktordekarbonizatorlarda pishiriladi. Bu usulda bir texnologik tizimda 
3000 tonnagacha klinkerni pishirish mumkin. Bu usulda yoqilg‘i sarfi ho‘l 
usulga nisbatan 30-40% kam sarflanadi. Xumdonlarga metall sarfi 2,5-3 
marta kamayadi. Quruq usulga binoan ohaktosh va giltuproq tegirmonda 1-
2% qoldiq namlikgacha maydalanadi.
Kombinatsiyalashgan usulda ho‘l usulda singari bo‘lakchalar 
tayyorlanib so‘ng quritiladi va quruq usulga binoan kuydiriladi. Bunda 
yoqilg‘i sarfi 20-30% gacha ho‘l usulga nisbatan kam sarflanadi.


Ta’kidlash zarurki, klinker olishda har bir usulning yutuq va 
kamchiliklari mavjud bo‘lib, ho‘l usulda suvli sharoitda xomashyo tez 
maydalanadi, ammo quruq usulga nisbatan yoqilg‘i 1,5-2 marta ko‘p 
sarflanadi. 
Keyinchalik, 
xomashyoni 
maydalash 
texnologiyasini 
mukammallashtirish, siklonli issiq almashtiruvchi va dekarbonizatsiyalovchi 
reaktorlar bilan kuydirish xumdonlarini ta’minlash klinker ishlab 
chiqarishda quruq usulga o‘tishni ta’minlaydi. Sement ishlab chiqarishda 
kuydirish xumdoni asosiy vazifani o‘taydi va eng murakkab jarayon 
bajariladi.
Kuydirish xumdoni (5.3-rasm) bo‘lak-bo‘lak po‘latdan yasalgan, ichki 
tomondan olovga bardoshli materiallar bilan qoplangan uzun silindr 
ko‘rinishida bo‘ladi.
Xumdonning uzunligi 150-185-230m, diametri 4-5-7m bo‘ladi va 3.5-
4
0
qiyalikda o‘rnatilib, markaziy o‘q atrofida minutiga 0,5 dan 1,4 
martagacha aylanib turadi. Shlam Yuqori qismdan solinib, pastki qismga 
qarab harakatlanadi. Pastki qismdan gaz yoki ko‘mir kukuni havo bilan 
birga yoqiladi va 1500
0
S gacha harorat hosil qilinadi.
Xumdon ichidagi jarayonlar shartli ravishda haroratga qarab oltiga 
bo‘linadi:
1.
Bug‘lanish zonasida shlam tarkibidagi mexanik bog‘langan suv, 70 
dan 200
0
S haroratgacha qizdirilganda, chiqib ketadi. Quritilgan material 
yirik bo‘laklarda bo‘lib, xumdonning aylanishi tufayli devorlarga urilib 
maydalanadi;
2.
Isitish zonasida harorat 200 dan 700
0
S gacha ko‘tariladi. Bu 
zonada organiq aralashmalar yonib ketadi, kimyoviy bog‘langan suv 
(kristallkimyoviy) yo‘qotiladi va suvsiz kaolinit Al
2
O
3
.
2SiO
2
hosil bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, 1 va 2 zonada klinker kuydirishga 
tayyorlanadi va bu jarayonlar xumdonning 50-60% uzunligini tashkil qiladi;
3.
Dekarbonizatsiya zonasida harorat 700 dan 1100
0
S gacha bo‘lib 
kalsiy va magniy karbonatlar dissotsiatsiyalanadi va kalsiy oksidi ko‘p 
miqdorda erkin holda hosil bo‘ladi. Dissotsiatsiya jarayoni endotermik 
bo‘lgani uchun bu zonada juda katta issiqlik miqdori yutiladi.
Bu zonada giltuproqdan Al
2
O
3
, SiO
2
va Fe
2
O
3
kabi erkin oksidlar hosil 
bo‘ladi va ular SaO bilan birikib qattiq holatda 3CaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
va 
2CaO
.
SiO
2
kabi Yuqori tartibli minerallarni hosil qiladi;
4.
Ekzotermik jarayonlar zonasida harorat 1100 dan 1250
0
S gacha 
bo‘ladi. Bu zonada qattiq fazali reaksiyalar natijasida 4SaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
va 
2CaO
.
SiO
2
kabi Yuqori tartibli minerallar hosil bo‘ladi. Bu ekzotermik 
reaksiyalar natijasida harorat 150-200
0
S ga ko‘tariladi va bu jarayon 
xumdonning 5-7% uzunligida yuz beradi;
5.
Pishirish zonasida harorat 1300 dan 1450
0
S gacha ko‘tarilib yana 
1300
0
S haroratgacha qaytadi. Bu zonada hosil bo‘lgan minerallar qisman 
eriydi, qayta birikib 3SaO
.
SiO
2
-asosiy mineral hosil bo‘ladi. 1450
0

haroratda 2CaO
.
SiO
2
va SaO birikib alitni hosil qiladi va klinker tarkibida 
erkin holatdagi SaO 0,5-1% atrofida qoladi. Erigan minerallar xumdon 


devorlarida to‘xtovsiz dumalagani uchun soqqachalar hosil bo‘la boshlaydi. 
Bu zonada haroratning 1300
0
S gacha pasayishi eritmaning kristallanishiga 
va 3CaO
.
Al
2
O
3
, 4SaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
va MgO larning hosil bo‘lishiga olib 
keladi:
6.
Sovitish zonasida klinker harorati1300 dan 1000
0
S gacha pasayadi 
va C
3
S, C
2
S, C
3
A, C
4
AF va MgO (periklaz) lar hosil bo‘ladi.
Klinker xumdondan to‘q kulrangida yoki ko‘kimtir kul rangidagi 
soqqachalar ko‘rinishida chiqadi. Klinker panjarali, rekuperatorli va boshqa 
turdagi sovitgichlarda 1000 dan 100-200
0
S haroratgacha sovitiladi.
Klinkerni tindirish uchun bir-ikki hafta oraliq omborlarda saqlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin