Ohak bog‘lovchisi qotish jarayonida Sa(ON)
2
zarrachalari bir-biriga
yaqinlashadi,
zichlashadi,
asta-sekin
kristallanadi
va
kristallanish
jarayonining chuqurlashishi mustahkam qurilish materiali hosil bo‘lishiga
sabab bo‘ladi. Ohak bog‘lovchisi asosidagi
materiallar mustahkamligini
tezlikda oshirish uchun ularni issiqlik bilan qayta ishlash tavsiya etiladi.
Issiqlik Sa(ON)
2
karbonlashtirish jarayonini (kristallanishni) tezlashtiradi.
So‘ndirilmagan kukun ohak.
Ohakning bu turi bo‘lak ohakni
avvaldan so‘ndirilmasdan maxsus tegirmonda
kukun holatga keltirib
tayyorlanadi. So‘ndirilmagan tuyulgan ohak asosidagi qurilish qorishmalari
va betonlari tez qotadi.
Ohak tarkibiga 90-150% suv kiritilganda ohak bevosita material ichida
gidratlansa (SaO
.
N
2
O) SaO ning gidratatsiya va kristallanish jarayonlari
tezlashadi. Gidratatsiya jarayonida ajrab chiqqan issiqlik qurilish qorishmasi
va betonning qotishini tezlashtiradi.
So‘ndirilmagan kukun ohak tarkibiga
kukun holatdagi mineral
qo‘shimchalar (shlaklar, kullar, ohaktosh va boshqalar) qo‘shilishi mumkin.
Bu turdagi ohak bog‘lovchisi tayyorlangandan keyin darhol ishlatilgani
ma’qul, aks holda mahsulot havodan namni olib bog‘lovchilik xususiyatini
yo‘qotishi mumkin.
Ohak bog‘lovchisining asosiy xossalari.
Sifatiga
qarab havoyi ohak
sanoatda 3 xil navda ishlab chiqariladi. Havoyi ohak 5.1-jadvalda keltirilgan
talablarga javob berishi kerak.
So‘nish tezligiga qarab havoyi ohak tez so‘nadigan (8 minutgacha),
o‘rtacha tezlikda so‘nadigan (25 minutgacha) va sekin so‘nadigan (25
daqiqadan ko‘p) turlarga bo‘linadi. To‘yingan so‘ndirilmagan ohakning
maydalik darajasi
№02 va 008 nomerli elaklardagi qoldiqlari bilan belgilanadi. Elaklardagi
qoldiqlar 1,0 va 15% bo‘lishi kerak.
Uning to‘kma zichligi 800-1200 kgm
3
bo‘ladi.
Havoyi ohak
mustahkamligi jihatidan mineral bog‘lovchilar o‘rtasida eng pasti
hisoblanadi. Ohak asosidagi qurilish qorishmalarining
siqilishdagi
mustahkam chegarasi, so‘ndirilgan ohak ishlatilganda, 0,4-1,0 MPa atrofida
bo‘ladi. Shuning uchun havoyi ohak navlari mustahkamligi bo‘yicha emas,
balki uning tarkibiga nisbatan belgilanadi. Ohaktosh tarkibida tuproqsimon
va boshqa qo‘shimchalar kam bo‘lsa,
ohak aktivligi shuncha Yuqori,
so‘nishi esa tez bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: