kvars, giltuproq va boshqalar aralashgan bo‘lishi mumkin.
Ohaktosh
9001200
0
S haroratda kuydirilib, imkoni boricha SO
2
gazi
chiqarib
yuboriladi:
SaSO
3
SaO SO
2
Homashyo tarkibidagi magniy karbonat (MgSO
3
) kuydirish jarayonida
parchalanadi.
Ohaktoshni kuydirish natijasida 56% havoyi ohak hosil bo‘ladi, qolgan
44% karbonat angidridi (SO
2
) havoga chiqib ketadi.
Ohak bog‘lovchisi tarkibida asosiy oksidlar (SaO MgO) miqdori
Yuqori bo‘lsa, ohak qorishmalari shunchalik mayin (plastik) va sifatli
bo‘ladi.
Shaxtali xumdon
1-shaxta; 2-yuklash qurilmasi; 3-qizdirish zonasi; 4-kuydirish zonasi;
5sovitish zonasi; 6-havo
beriladigan greben; 7-kuydirilgan ohakni chiqarib
oluvchi mexanizm.
Havoyi ohak tarkibidagi chala kuygan yoki o‘ta kuygan bo‘laklarning
meyordan ortiq bo‘lishi bog‘lovchi hossalarini yomonlashtiradi. Chala
kuygan ohak bo‘laklar deyarli bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘lmaydi,
o‘ta kuydirilgan ohak esa juda sekin suv ta’sirida
gidratlanadi va hajmi
kengayadi. Buning natijasida ohak bog‘lovchisi asosidagi mahsulotlarda
yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.
Ohaktoshni odatda shaxtali xumdonda kuydiriladi (5.1-rasm). Mayda
bo‘lakli ohaktoshlar aylanma xumdonda kuydirilishi mumkin. Ohaktoshni
kuydirish uchun ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilar ishlatiladi. Ko‘mir
yoqilganda ohakka kul aralashishi mumkin, gaz yoqilganda esa bog‘lovchi
toza holda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari gaz bilan ishlaydigan xumdonlarni
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkin.
Ohaktoshni kuydirilganda so‘ndirilmagan g‘ovak bo‘lak holdagi yarim
mahsulot hosil bo‘ladi. Yarim mahsulotni is’temolchiga moslashtirish uchun
maydalanadi yoki so‘ndiriladi.
Dostları ilə paylaş: