”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


-rasm. Markazdan qochma (a) va puflash (b) usullarida Shisha



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

4.3-rasm. Markazdan qochma (a) va puflash (b) usullarida Shisha 
tolasi olish
1-eritmali vanna; 2-eritma oqimi; 3-isitgich; 4-siqilgan havo va bug‘ 
uzatiladigan moslama; 5-sentrifuga; 6-Shisha tolasi.
Shisha tolasining cho‘zilishdagi mustahkamligi juda katta (2000-4000 
MPa). Tolaning diametri kichraysa uning mustahkamligi ham kamayadi. 
Shisha tolasi (diametri 0,04 mm) o‘rtacha zichligi 40-50 kgm
3
.
Shisha tolasidan tayyorlangan ip, mato, namat, plita, qobig‘ va sh.k. lar 
qavatlararo plitalar, pardevorlar, tom va yopma plitalar tayyorlashda issiqlik 
izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi. Chiqindi hisoblangan chigal va 
katta diametrli Shisha tolasidan presslab olingan Shisha namatni bitum yoki 
smolalarda shimdirilgan mahsulot qurilish konstruksiyalarning er osti 
qismini korroziyadan saqlash, issiqlik trassalarida izolyasiyalovchi material 
sifatida ishlatiladi.
Energiyatejamkor Shishapaket. 
Sovuq kunlarda oddiy oyna 
qo‘yilgan xonalarda 50% gacha issiqlik yo‘qotilishi kuzatiladi hamda 
oynalarga yaqin joyda harorat ancha past bo‘ladi. Mutaxassislar bu holatni 
“sovuq devor faolligi” deb atashadi.
Oyna orqali issiqlik ikki yo‘l bilan yo‘qotiladi:
1.
Oynaning katta zichligi tufayli, Yuqori darajada issiqlik o‘tkazuvchanligi.
Bu holatda ikki va uch qavatli oynali romlar ishlatiladi.
2.
Havo konveksiyasi tufayli issiqlik yo‘qotiladi. Ushbu holatda gemetik 
Shishapaketlar yaratish usuli bilan issiqlik saqlab qolinadi. Infraqizil 
nurlanish tufayli 70% gacha issiqlik yo‘qotiladi. Bu holda bir tomonga 
maxsus qoplama surtilgan energiyatejamkor oynalar ishlatiladi.
Hozirda ikki tipda (kichik emissiyali) oyna qoplamasi ishlatiladi:
K – Shisha – “qattiq” qoplamali va i – Shisha – “yumshoq” qoplamali. 
Yumshoq qoplamali oynalar Yuqori samarali bo‘lib, narxi arzon. Kichik 
emissiyali oynalarni Dunyoda bir necha Kompaniyalar ishlab chiqaradi. 
Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab bo‘lib, ishlab 
chiqaruvchidan Yuqori mahorat talab qiladi. Ishlab chiqaruvchilar orasida 
Glaverbel kompaniyasi mashxurdir. Glaverbel kompaniyasi ishlab 


chiqarayotgan yumshoq qoplamali kichik emissiyali deraza oynalari – 
Shishapaketlar uchun mo‘ljallangan issiqtejamkor, shaffof va nur 
o‘tkazuvchi paketlar uchun mo‘ljallangan. Planibel top N va Planibel Ton 
NT (toblash mumkin), Energy N va Energy NT neytral, qish-yoz 
mavsumlarida xonalarda komfort haroratini ta’minlovchi hamda 
energiyatejamkor xossalarga ega bo‘lgan Sunergu va Stopray arxitektura 
oynalari kiradi.
Kichik emissiyali Shishapaketlar ikki va ko‘p kamerali oddiy 
Shishapaketlardan avzalligini ko‘rsatadi.
Kichik emissiyali oynalar ikki kamerali Shishapaketlarga nisbatan 20% 
issiqlik tejamkor hisoblanadi.
Bunday oynalar yoz kunlari quyosh nurini qaytaradi, chunki nurni 
qaytarish faolligi ikki tomonlama bo‘ladi, natijada xonada salqin havo 
saqlanadi.
Bir kamerali energiyatejamkor Shishapaketda rezonans holati 
kuzatilmaydi, ushbu holat ikki va qo‘p kamerali Shishapaketlarda ro‘y 
beradi.
Kichik emissiyali Shishapaketlar tashqi oynalar ishlatilsa ham
shovqindan izolyasiya qiladi. Oddiy hollarda, odatdagi 4 mm oyna o‘rniga
6 mm, xatto 8 mm oyna ishlatiladi.
Shishapaket oynalarning issiqlik-fizik xossalari quyidagicha:
Shisha
turi
Emissiya 
koeffitsienti
Issiqlik uzatish qarshiligi 
R
o
, m

K/B
T
SPO (quruq 
havo)
Issiqlik
uzatish 
qarshiligi R
o
, m

K/B
T
SPO Ar bilan
Oddiy 
Shisha
2,85
0,35
0,37
Yumshoq 
qoplama
0,04
0,56
0,68
Qattiq 
qoplama
0,15
0,50
0,58
K – Shisha (qattiq qoplamali Shisha) – float Shisha ishlab chiqarish 
jarayonlarida issiq oynaga metallar oksidlari sepish usulida olinadi. 
Qoplama qattiq va uzoq muddatga chidamli bo‘ladi. U yorug‘likni Yuqori 
darajada o‘tkazadi, qishda issiqlikni kam yo‘qotadi, laminatsiya, toblash va 
boshqa ishlovlarga molik sanaladi.
i – Shisha (yumshoq qoplamali Shisha) – Shishaga vakuummagnetron 
usulida kumush – energiyatejamkor qoplama sepiladi. Kumush sepilish 
sababli Shisha yuzasida elektron o‘tkazuvchan bo‘lib, muayyan to‘lqin 
uzunligidan Yuqori holda elektromagnit nurlanish ushbu metall yuzasidan 
qaytadi.
i – Shisha maksimum energiyatejamkor, yorug‘lik o‘tkazuvchan, kam 
nur


qaytaruvchi va ichki kondensatsiyali xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Kam emissiyali Shisha oynali paketlar ishlatilganda uzun to‘lqinli 
infraqizil nurlanish qisqaradi, issiqlik tashqariga chiqmaydi va xona ichiga 
qaytadi. Shu vaqtning o‘zida qisqa to‘lqinli issiq quyosh nuri kam emissiyali 
Shisha orqali beto‘xtov o‘tish imkoniyati bo‘ladi va xonani qo‘shimcha 
isitadi.
Umuman kam emissiyali Shisha oynali paketlarni ishlatish energiya 
yo‘qolishini 70% kamaytiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin