”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

6.
 
 Shlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar 
Temir rudasini eritib cho‘yan olganda eritma yuziga suyuq shlak 
ko‘tariladi. Uni turli shakldagi qoliplarga quyib, qurilish uchun buyumlar 
olinadi. Bunday buyumlar pollar qurishda, qoplama plitalar sifatida agressiv 
muhit ta’sir etadigan joylarda ko‘plab ishlatiladi. Bunday texnologiya 
asosida tez va arzon qurilish buyumlarini tayyorlash mumkin.
Aynan shu usul bilan bazalt, qumtosh, karbonatli tog‘ jinslarini eritib, 
qoliplarga quyib Yuqori mustahkam, agressiv va atmosfera muhitiga 
chidamli buyum olish mumkin. Xom ashyoning turi olingan buyumning 
xossalariga va rangiga ta’sir qiladi.
Xom ashyoning erish haroratini pasaytirish uchun plavik shpat (SaF
2

singari qo‘shimchalar qo‘shiladi. Mayda donali bir xil strukturali massa 
olish uchun xom ashyo tarkibiga minerallashtiruvchi qo‘shimchalar (xromit, 
magnezit va sh.k.) qo‘shiladi. Eritma kimyoviy tarkibini o‘zgartirish bilan 
uning issiqqa bardoshligini, haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientini, 
mustahkamligini, agressiv muhitga chidamligini boshqarish mumkin.
Ayniqsa, domna va marten pechlari shlaklaridan qurilish materiallari 
tayyorlash iqtisodiy samara beradi. Chunki, pechdan maxsus qorishtirgichga 
uzatilgan, 1350-1450
0
S haroratdagi shlakka istalgan qo‘shimcha aralashtirib 
quyish, shtamplash, prokatlash va sentrafugalash usullarida buyumlar 
tayyorlash imkoniyati mavjud.
Quyma tosh buyumlarning o‘rtacha zichligi 2900-3000 kg m
3

g‘ovakligi 12% bo‘lib, yopiq xarakterga ega. Shu tufayli ular sovuqqa o‘ta 
chidamli, issiqqa bardoshli bo‘ladi. Ularning siqilishdagi mustahkamlik 
chegarasi 200-240 MPa, egilishdagi mustahkamligi 20-30 MPa. Edirilishi 
0,7 gsm
2
bo‘lib, tabiiy toshlarga (diabaz, granit) nisbatan 2-5 marta 
bardoshlidir. Eritilgan tosh materiallar atmosfera, agressiv muhitga 
chidamlilik talab etilgan joylarda, intensiv edirilish, erish va muzlash 
kuzatiladigan muhitlarda ishlatiladi. Ular yo‘l qurilishida mustahkam, 
chidamli toshli qoplamalar, kimyoviy moddalar ishlab chiqaradigan 
zavodlar, metall quvurlar o‘rnini bosadigan diametri 200-1200 mm bo‘lgan 
tosh quyma quvurlar sifatida ishlatilishi mumkin.
Rangli tosh quyma plitalar bino fasadlarini bezashda, arxitektura 
qismlarini tayyorlashda ham ishlatiladi.
Yuqori haroratdagi suyuq shlakni ko‘pirtirib va tez sovitib ko‘p 
g‘ovakli material-termozit olish mumkin. Yuqori 1200-1400
0
S haroratdagi 
suyuq shlak juda kichik teshiklardan bosim ostida ip singari chiqqan 


eritmaning sovishidan hosil bo‘lgan yengil, issiqlik izolyasiyasi materiali 
shlak paxtasi deyiladi. Uning o‘rtacha zichligi 250-300 kg/m
3
, issiqlik 
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,05 Vt/m
0
S.
7.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin