”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Shag‘al donador tarkibi grafigi
Yirik to‘ldirgichning oraliq bo‘shlig‘i 45% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgich tarkibidagi gilli va changsimon aralashmalar 
betonning hossalarini yomonlashtiradi. Shag‘al va chaqiq tosh tarkibida 
bunday aralashmalar miqdori 1% ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgich tarkibidagi organiq aralashmalar beton sifatini 
pasaytiradi va shu sababli ularning miqdori, qumda ishlatilgan kalorimetrik 
usulda aniqlangan, etalondan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgichlarning beton tayyorlash uchun mustahkamligi 
bo‘yicha yaroqliligi maxsus po‘lat silindrda ezilganda maydalanish 
darajasiga qarab belgilanadi. Bu usul namuna ezilganda hosil bo‘lgan 
diametri 5 mm dan kichik mayda donalarning (massaga nisbatan, %) eng 
ko‘p miqdorini ko‘rsatadi. Yirik to‘ldirgich bu ko‘rsatkich bo‘yicha 
quyidagi markalarga bo‘linadi: Dp8, Dp12, Dp16 va Dp24. Masalan: M300 
va undan Yuqori markadagi beton uchun Dp8, M200 markali beton uchun 
esa Dp12 markali shag‘al yoki chaqiq tosh tavsiya etiladi.
Yirik to‘ldiruvchilar tarkibida yumshoq va emirilgan donalar bo‘lsa, 
betonning mustahkamligi va deformativ xususiyatlari yomonlashadi, shu 
sababli ularning miqdori 10% ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgichlarning sovuqqa chidamliligi standart usulda 
aniqlanadi. Ular quyidagi markalarga bo‘linadi: F15, F25, F50, F100, F150, 
F200 va F300.
Mayda va yirik to‘ldirgichlar tarkibida tabiiy radionuklidlar mavjudligi 
bo‘yicha radiatsion-gigiena nuqtai nazaridan baholanishi zarur.
Mayda va yirik to‘ldirgichlar suvga talabi beton tayyorlash 
texnologiyasida muhimdir. To‘ldirgichlar tabiiy holda yoki beton qorilganda 
Э
ла
клар
да
ги т
ы
ла 
=
олди
=
лар, 
%


muayyan suv miqdorini shimishi va yuzasi ho‘llanishi mumkin. Suvning 
qisman to‘ldiruvchilar uchun sarf bo‘lish omili beton tayyorlash 
texnologiyasida hisobga olinishi shart.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin