”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

14.1-jadval 
A va A1 koeffitsietlarning qiymatlari 
To‘ldirgichlar tafsiloti
A
A
1
Yuqori sifatli
Oddiy (o‘rtacha sifatli)
Past sifatli
0,65
0,6
0,55
0,43
0,4
0,37
Yuqori sifatli to‘ldirgichlarga otqindi zich tog‘ jinslardan tayyorlangan 
chaqiq tosh, zararli aralashmalar kam bo‘lgan yirik qum kiradi. Oddiy 
to‘ldirgichlarga chaqiq tosh, shag‘al va o‘rtacha yiriklikdagi kvars qumlari 
kiradi. Past sifatli to‘ldirgichlarga mustahkamligi past yirik to‘ldirgichlar va 
mayda qumlar kiradi.
Yuqorida keltirilgan formulalar belgilangan suv-sement nisbatlarida, 
sement aktivligida, to‘ldirgichlar sifatida betonning 28 sutkadagi taxminiy 
mustahkamligini aniqlashga yoki beton markasi belgilanib, sement aktivligi 
ma’lum bo‘lsa, beton tarkibini hisoblash imkonini beradi.
Beton mustahkamligi asosiy qonuni kompozitsion strukturadagi 
materiallar bo‘lgan og‘ir, yengil, mayda donador (mayda fraksiyadagi yirik 
to‘ldirgichli) betonlar uchun umumiy bo‘lib, ularning tarkibini hisoblashda 
yoki mustahkamligini avvaldan belgilashda ishlatiladi.
Betonning mustahkamligi to‘ldirgichlar donador tarkibiga bog‘liq 
bo‘lib, yirik donali to‘ldirgichlardan yuqori markadagi betonlar tayyorlash 
mumkin. Umuman, yirik va mayda to‘ldirgichlar fraksiyalari biri 
ikkinchisining oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldirish tizimida tanlangani betonning 
zichligi va mustahkamligi jihatidan maqsadga muvofiqdir.
2.
Beton markalari va klasslari 
Beton 
va 
temirbeton 
konstruksiyalarni 
loyihalashda 
betonga 
mustahkamlik, sovuqqa chidamlilik va suv o‘tkazmaslik ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha klasslar (markalar) belgilanadi.
Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha loyiha 
markasi kub shaklidagi etalon namunalarni o‘qi bo‘yicha siqilishdagi 
qarshiligi (kgs/sm
2
) nisbatan belgilanadi.
Betonning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha loyiha 
markasi prizma shaklidagi maxsus namunalarni o‘qi bo‘yicha cho‘zilishdagi 


qarshiligiga (kgs/sm
2
) nisbatan belgilanadi. Ushbu marka betonning 
cho‘zilishdagi qarshiligi asosiy ahamiyatga ega bo‘lganda belgilanadi.
Betonning sovuqqa chidamlik bo‘yicha loyiha markasi namunalarni 
standart sovuqqa chidamlilik sinovlari natijalari bo‘yicha belgilanadi. Ushbu 
marka betonga ko‘p marta muzlash va erish ta’sir etishi mumkin bo‘lgan 
hollarda belgilanadi.
Betonning suv o‘tkazmaslik bo‘yicha loyiha markasi namunalarni bir 
tomonlama gidrostatik bosimda (kgssm
2
) suv o‘tkazmaslik standart sinovlar 
natijalari bilan belgilanadi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha beton markalari 
betonga zichlik va suv o‘tkazmaslik bo‘yicha maxsus talablar qo‘yilganda 
belgilanadi.
Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 28 sutkada aniqlanadi. 
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar uchun standart yoki texnik shartlarda 
ko‘rsatilgan boshqa muddatlarda ham siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 
aniqlanishi mumkin.
Betonning mustahkamligi muayyan seriyalarda tayyorlangan kamida 3 
egizak standart namunalarni sinash natijasida topiladi. Namunalar beton 
qorishmasining o‘rta qismidan olinadi, qoliplanadi va laboratoriya 
vibrostolida zichlashtiriladi. Tayyorlangan namunalar kamida 24 soat usti 
namlangan mato bilan yopilgan qoliplarda, havo harorati 20±2
0
S sharoitda 
saqlanadi, keyin qolipdan echilgan namunalar maxsus kamerada nisbiy 
namlik 95% kam bo‘lmagan va harorat 20±2
0
S bo‘lgan normal sharoitda 28 
sutka davomida saqlanadi. Sinaladigan namunalar o‘lchamlari yirikligiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 20x20x20 sm, 
15x15x15 sm (asosiy namuna) va10x10x10 sm standart namunalarni sinab 
topiladi.
Mustahkamlik ko‘rsatkichlarini 15x15x15 sm asosiy namunaga 
keltirish uchun tomonlar o‘lchami 10 sm va 20 sm namunalar sinalganda 
mutanosib ravishda 0,95 va 1,05 masshtab koeffitsientlarga ko‘paytirish 
zarur.
Betonning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi uning siqilishdagi 
mustahkamligiga mos ravishda o‘sib boradi, ammo Yuqori markadagi 
betonlar tayyorlanganda bu o‘sish sur’ati pasayadi.
Betonning cho‘zilishdagi markasi siqilishdagi markasiga nisbatan 1/10- 
1/17 va egilishdagi markasiga nisbatan 1/6-1/10 nisbatda bo‘ladi.
Betonning mustahkamligi uning struktura bo‘yicha komponentlarning
bir xil joylashishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Beton strukturasini bir xilda 
bo‘lishini ta’minlash uchun tashkil etuvchilarni yaxshilab aralashtirish zarur.
Betonning loyiha markasini sifatli sement, to‘ldirgichlar ishlatib, 
texnologik 
jarayonlarni 
mukammalashtirib, 
ishlab 
chiqarishni 
avtomatlashtirib ta’minlash kerak.
Betonning loyihadagi kafolatlangan markasini uning mustahkamligini 
meyorlash ko‘rsatkichi vositasida belgilash mumkin. Beton klassi aynan 
shunday ko‘rsatkich vazifasini o‘taydi.



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin