”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Beton klassi
-0,95 koeffitsient bilan kafolatlangan betonning biror bir 
xossasini belgilaydigan ko‘rsatkichdir. Bu degani betonning muayyan 
xossasi klass bo‘yicha 100 holatdan 95 holatda kafolatlanishini va faqat 5 
holatdagina chekinish bo‘lishi mumkinligini bildiradi.
Betonlar quyidagi klasslarga bo‘linadi: V1; V1,5; V2; V2,5; V3,5; V5; 
V7,5; V10; V12,5; V15; V20; V25; V30; V40; V45; V50; V55; V60.
Betonning 7 klasslari va mustahkamlik bo‘yicha markalari nisbati
normativ variatsiya koeffitsienti V=13,5 bo‘lsa, RqV/0,778 bo‘ladi, 
masalan,
V10 klassdagi betonning siqilishidagi mustahkamligi R
siq=
12,85 MPa.
Beton mustahkamligining variatsiya koeffitsienti alohida namunalar 
mustahkamliklarini 
o‘rtacha 
mustahkamlikka, 
o‘rtacha 
kvadrat 
chekinishlarini o‘rtacha mustahkamlikka bo‘lgan nisbati bilan o‘lchanadigan 
kattalik bo‘lib, oddiy betonlar uchun V=13,5 % deb qabul qilinishi mumkin. 
Umuman variatsiya koeffitsienti 20% oshmasligi shart.
Betonning qotishi
 
 
Beton normal sharoitda uzoq muddat davomida sement va suv o‘rtasida 
bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar natijasida qotadi. Beton markadagi 
mustahkamlikka erishmasdan ilgari qurishi yoki muzlashi uning strukturasi 
buzilishiga va xossalarining yomonlashishiga olib keladi.
Beton qorishmasi qoliplangach, quruq issiq iqlim sharoitida namlikni 
saqlash maqsadida, turli plyonkalar, sepiladigan polimerlar yordamida 
suvning bug‘lanib ketishini chegaralash mumkin.
Kuz-qishki sharoitda betonni muzlashdan saqlash uchun isitish 
vositalarini qo‘llash, betonni issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan 
muhofazalash yoki beton tarkibiga suvni muzlatmaydigan kimyoviy 
qo‘shimchalar qo‘shish mumkin.
Portlandsement asosida tayyorlangan va normal sharoitda qotayotgan 
beton mustahkamligining vaqt bo‘yicha o‘sishi taqriban logarifm qonuniyati 
orqali ifodalanishi mumkin:
lg
n
Rn=R
28 
,
lg28 
bu erda: Rn-n sutkadagi betonning must ahkamligi (kamida 3 sutka); R
28

betonning markadagi mustahkamligi; n-betonning qotishi kunlari. Bu usulda 
beton mustahkamligini aniqlash konstruksiyalarni qolipdan bo‘shatishni 
belgilashda ishlatiladi. Beton mustahkamligining vaqt bo‘yicha o‘sishini 
aniqroq bilish uchun avvaldan tayyorlangan, tajribalar asosida qurilgan 
grafiklar beton namunalarini 3,7,28, 90 sutkada sinab mustahkamligi 
aniqlanadi.
Portlandsement asosida tayyorlangan beton mustahkamligi normal 
sharoitda 7-14 sutkada 60-80% markadagi mustahkamlikka erishadi. 
Betonning dastlabki vaqtdagi mustahkamligini oshirish uchun tez yoki o‘ta 
tez qotuvchan portlandsement turlari ishlatish yoki issiqlik bilan qayta 
ishlash mumkin. Beton qotishini tezlashtirish qoliplarni aylanma qayta 


ishlatilishi 
yoki 
monolit 
beton 
ishlatilganda 
qurilish 
jarayonini 
tezlashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin