”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Sovuqqa chidamlilik. 
Betonga suv kirib muzlashi natijasida ichki 
zo‘riqish hosil bo‘ladi va beton asosida tayyorlangan konstruksiyalarni buza 
boshlaydi. Sovuqqa chidamlilik betonning g‘ovakligiga va g‘ovaklikning 
xarakteriga bog‘liq, chunki mikrog‘ovaklarda suvning muzlash harorati juda 
past bo‘ladi. Shu sababli tarkibi to‘g‘ri tanlangan, yaxshi zichlashtirilgan, 
mustahkam betonlarning sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi.


Betonning sovuqqa chidamliligi tomonlari 10, 15, 20 sm kub 
shaklidagi namunalarni standart usulda sinab aniqlanadi. Sovuqqa 
chidamlilik bo‘yicha og‘ir beton quyidagi markalarga bo‘linadi: F50, F75, 
F100, F150, F200, F300, F400, F500. Beton tayyorlashda past alyuminatli 
sementlarni ishlatish ham sovuqqa chidamlilikni oshiradi.
Betonning sovuqqa chidamliligini oshirish uchun tarkibiga gidrofob 
yoki difil polimer moddalar, mineral zichlashtiruvchi qo‘shimchalar kiritish, 
konstruksiya yuzasini yupqa rulonli yoki sepiladigan izolyasiya materiallari 
bilan himoyalash, yuza qismlarini maxsus polimerlar bilan shimdirish 
mumkin.
4.
Betonning issqlik-fizik xossalari 
Issiqlik sig‘imi. 
Oddiy og‘ir betonning solishtirma issiqlik sig‘imi 
0,75-0,92 
kJ(kg·
0
S) 
atrofida 
bo‘ladi. 
Issiqlik 
sig‘imi 
asosan 
to‘ldirgichlarning xarakteristikasiga va betonning umumiy zichligiga 
bog‘liqdir.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik. 
Og‘ir betonning quruq havo sharoitidagi 
issiqlik o‘tkazuvchanligi 1,2 Vt/(m·
0
S). Betonning issiqlik o‘tkazuvchanligi 
to‘ldirgichning turiga va betonning umumiy zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Og‘ir 
to‘ldirgichlar o‘rniga g‘ovak yengil to‘ldirgichlar ishlatilganda issiqlik 
o‘tkazuvchanligi 2-4 marta kamayadi. Betonning namligi oshsa yoki suv 
kirib muzlasa issiqlik o‘tkazuvchanligi keskin oshib ketadi. Yuqori 
darajadagi issiqlik o‘tkazuvchanlik betonning kamchiligi hisoblanadi. Shu 
sababli uysozlik panellari va boshqa issiq-sovuqdan himoyalovchi 
konstruksiyalar tayyorlanganda og‘ir beton qo‘shimcha ravishda issiqlik 
izolyasiyasi materiallari bilan ta’minlanadi.
Haroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti (XCHKK). Og‘ir betonning 
XCHKK 10·10
-6
0
S tashkil etadi va beton 50
0
S qizdirilganda 0,5 mm/m 
bo‘ladi. Beton asosida bino va inshootlar qurilganda XCHKK hisobga 
olinib, harorat farqidan ularda yoriqlar hosil bo‘lishini ogohlantirish 
maqsadida haroratdan kirishish choklari hosil qilinadi.
Beton strukturasida karkas vazifasini o‘taydigan yirik to‘ldirgich va 
ular orasini to‘ldiruvchi matritsa vazifasini o‘tovchi qorishmaning 
haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientlari turlicha bo‘ladi. Harorat 80
0

oshganda ichki zo‘riqish hisobiga yirik to‘ldirgichlar va qorishma kontakt 
yuzalarida mikroyoriqlar hosil bo‘ladi.
Betonning haroratdan ichki zo‘riqishini kamaytirish uchun tashkil etuvchilarni 
chiziqli kengayish koeffitsienti bir-biriga yaqinlarini tanlash maqsadga 
muvofiqdir. Temirbeton konstruksiyalarni loyihalashda beton va armaturaning 
haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientlarini yaqinlashtirish shart, aks holda 
ularni bir butun konstruksiya bo‘lib ishlashini ta’minlash qiyin bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin