”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Beton qorishmasini tashish
 
 
Temirbeton zavodlarida beton qorishmasi estakadalar, lentali 
transporterlar, beton nasoslar, vagonetkalar, badyalar vositasida qoliplash 
sexlariga yuboriladi.


Beton 
qorishmasi 
qurilish 
maydonlariga 
avtobetonovoz, 
avtosamosvallarda yoki maxsus betonqorgich avtomobillarda quruq holatda 
tashiladi. 
Beton 
qorishmasi 
tashilayotganda 
suvsizlanish 
va 
qatlamlanishning oldi olinishi kerak, aks holda betonning qulay 
joylanuvchanligi 
salbiy 
tomonga 
o‘zgaradi. 
Beton 
qorishmasi 
avtosamosvallarda tashilganda yuza qismini namlik o‘tkazmaydigan 
materiallar bilan (polietilen, brizent va boshq.) yopish kerak. Beton 
qorishmasi uzoq masofaga tashilganda u quruq holatda bo‘lishi va bevosita 
qurilish maydonida qorilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday usul G‘arbiy
Yevropa mamlakatlari qurilish industriyasida keng tarqalgan.
 
Beton qorishmasini qoliplash va zichlashtirish 
 
Tayyorlangan beton qorishmasi maxsus beton quygichlar vositasida 
avvaldan tayyorlab qo‘yilgan, metalldan egilmaydigan darajada mustahkam 
ishlangan qoliplarga quyiladi. Beton qorishmasini qoliplash jarayoni o‘ta 
ma’suliyatli bo‘lib, qolipning hamma burchaklari, toraygan va burilgan 
joylari betonga to‘lishi shart.
Beton qorishmasining harakatchanligi yoki bikrligi qoliplanadigan 
beton va temirbeton konstruksiyalarning turiga bog‘liq bo‘ladi. Qolip 
shaklining murakkabligini hisobga olgan holda beton qorishmasining 
quyuqlik darajasi va zichlashtirish usuli tanlanishi kerak.
Oddiy shakldagi qoliplarga harakatchan beton qorishmasi hech qanday 
zichlashtirish usullarini qo‘llamasdan quyilishi mumkin. Ammo zichlik va 
Yuqori mustahkamlik shartlari qo‘yiladigan temirbeton konstruksiyalarni 
quyishda bikr va o‘ta bikr beton qorishmalari turli usullar bilan 
zichlashtiriladi, xususiy xollarda esa beton qorishmasi 
tarkibiga 
suyultiruvchi plastifikatorlar va superplastifikatorlar kiritiladi.
Beton qorishmasini quyidagi usullarda zichlashtiriladi: shibbalash, 
titratish 
(vibratsiyalash), 
vakuumlash, 
prokatlash, 
shtampovkalash, 
sentrifugalash, 
presslash, 
urish 
va 
boshqalar. 
Bundan 
tashqari 
titratishprokatlash, titratish-presslash va shu kabi kombinatsiyalashgan 
zichlashtirish usullari ham ishlatilishi mumkin.
Beton qorishmasini zichlashtirish usullaridan eng keng tarqalgani 
titratish usulidir. Beton qorishmasi titratilganda qovushoqligi kamayadi, 
harakatchanligi ortadi, natijada beton massasi qolip ichida bir tekisda 
tarqaladi va qolip burchaklari, armatura sterjenlari oralarini ham to‘ldiradi. 
Titratish davrida yirik to‘ldirgich donalari qulay joylashadi, uning oraliq 
bo‘shlig‘ini sement qorishma yaxshi to‘ldiradi, suv-havo aralashmasi 
tashqariga sizib chiqadi, natijada beton qorishmasi zichlashadi.
Beton qorishmasini zichlashtirish uchun turli titratkichlar ishlatiladi. 
Titratkichlarning ishchi organi elektromexanik, elektromagnit va pnevmatik 
dvigatellar vositasida harakatga keltiriladi. Elektromexanik ko‘chma 
titratkichlar amaliyotda keng qo‘llaniladi (6.10rasm).



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin