”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Betonning qotishi va uni tezlashtirish usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Betonning qotishi va uni tezlashtirish usullari 
 
Qoliplangan betonning mustahkamligi vaqt davomida asta-sekinlik 
bilan oshib boradi. Ma’lumki, betonning qotishi sementning gidratatsiya 
jarayoni tezligi, atrof-muhit harorati va nisbiy namligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Tabiiy sharoitda normal muhitda beton markadagi mustahkamlikka 28 sut 
davomida erishadi. Beton qotishi uchun normal muhit sharoiti- harorat 
20
0
S±2 va nisbiy namlik 90-100% bo‘lishi kerak.
Betonning 28 sut keyingi mustahkamligi undan tayyorlangan beton va 
temirbeton konstruksiyalarning ekspluatatsiya sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. 
Agar beton nisbatan normal sharoitga yaqin muhitda ishlatilsa, uning 
mustahkamligi bir necha yil, hatto o‘n yillar davomida oshib borishi 
mumkin. Normal sharoitda ishlangan betonning bir yildan keyingi 
mustahkamligi markadagiga nisbatan 75% ortishi mumkin. Sement 
gidratatsiya jarayoni normal sharoitda nazariy jihatdan vaqt davomida 
to‘xtamasligini hisobga olsak beton mustahkamligi ham vaqt o‘tishi bilan 
davom etadigan jarayon ekanligi tushunarli bo‘ladi.
Normal sharoitning buzilishi, ya’ni haroratning va nisbiy namlikning 
optimal ko‘rsatkichdan o‘zgarishi beton mustahkamligining oshmasligiga, 
hatto kamayishiga olib keladi.
Umuman, bino va inshootlarning asosiy qismlarida ishlatiladigan beton 
va temirbeton konstruksiyalar betoni markadagi mustahkamlikka erishsa 
kifoyadir.
Beton tabiiy holatda monolit quyilganda qotadi. Zavodda temirbeton 
konstruksiyalar markadagi mustahkamlikning 70%ga 7 sut. davomida 
erishishini hisobga olsak, bu omil beton quyish sexlarini juda katta 
xududlarni egallashini tushunamiz. Yig‘ma temirbeton ishlab chiqarishda 
betonga issiqlik bilan qayta ishlov berib qotishini tezlashtirish keng 
tarqalgan. Betonga issiqlik turli usullar bilan ta’sir ettirilishi mumkin, 
chunonchi 80-85
0
S haroratli suv-bug‘ aralashmasi yoki 100
0
S haroratli 
to‘yintirilgan bug‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyumga yuborilishi, bug‘, elektr toki, 
o‘ta Yuqori chastotali tok va boshqa isitish man’balari vositasida betonni 
kontakt (bilvosita) usulida qizdirish mumkin. Suv-bug‘ aralashmasi bilan 


beton qizdirilganda qotish vaqtida nisbiy namlik saqlanadi va sement 
gidratatsiyasi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Betonning qotishini tezlatish usullaridan ba’zilarini izohlab o‘tamiz.
Betonni bug‘lash davriy va uzluksiz ishlaydigan kameralarda amalga 
oshiriladi. Davriy ishlaydigan kameralarda beton qolip yoki poddonlarda 
joylashadi, qopqog‘i yopilgach, atrofiga suv quyilib bug‘ning kameradan 
chiqib ketishi bartaraf etiladi. Kameraga bug‘ yuboriladi va asta-sekinlik 
bilan harorat 80-100
0
S gacha etkaziladi. Beton etkazilgan haroratda 4-12 
soat davomida ushlab turiladi, so‘ng asta-sekin harorat pasaytiriladi. Har bir 
turdagi beton buyum va konstruksiya uchun bug‘lash rejimi tajriba natijalari 
bilan aniqlanadi.
Bug‘lash rejimida haroratni asta-sekinlik bilan ko‘tarish va pasaytirish 
betondan hosil bo‘ladigan deformatsiyalanish natijasida yoriqlar paydo 
bo‘lishini ogohlantiradi. Betonni bug‘lash rejimi sementning kimyoviy-
mineralogik tarkibi va betonning turiga va tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bug‘langan betonning mustahkamligi markadagiga nisbatan 65-75% tashkil 
etadi.
Betonni issiqlik bilan uzluksiz qayta ishlaydigan kameralar gorizontal 
(tunnelli) va vertikal bo‘lishi mumkin. Tunnelli kamerada qoliplangan beton 
maxsus vagonetkalarda harakatga keltiriladi.
Harakatlanayotgan vagonetkalarga qarama-qarshi yo‘nalishda bug‘ 
yuboriladi va beton asta-sekin qiziydi, nominal haroratda ushlab turiladi va 
sovitiladi. Beton buyumlar vertikal isitish kamerasida maxsus moslamalar 
yordamida bir tomondan ko‘tarilib, ikkinchi tomondan tushirib turiladi.
Kameraning Yuqori qismiga bug‘ yuborilib harorat nominal darajada 
ushlab turiladi.
Beton qotishini bug‘lash usulida 7-8 marta tezlashtirish mumkin.
Betonni elektrotermik usulda 50 Gs o‘zgaruvchan, 380 V kuchlanishli 
tokda 80-90
0
S haroratgacha qizdirish yaxshi samara beradi. Betonga elektr 
toki yuzaki yoki ichki elektrodlar yordamida yuboriladi. Tok yordamida 
beton qorishmasini 5-10 minut davomida nominal haroratgacha qizdirib, 
so‘ngra qoliplash ham Yuqori natija beradi. Avvaldan qizdirilgan betonda 
sementning gidratatsiya jarayoni tezlashadi va beton intensiv qota 
boshlaydi.
Betonni nurli energiya manbai bo‘lgan o‘ta Yuqori chastotali tok, 
infraqizil nurlar bilan qizdirib qotishini tezlashtirish mumkin. Nurli energiya 
usulida yupqa, keng yuzali beton va temirbeton konstruksiyalar qotishini 
tezlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Beton qotishini oz miqdorda kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shib 
tezlashtirish mumkin. Kimyoviy qo‘shimcha sifatida xlorli natriy va xlorli 
kalsiy, natriy nitrati, kalsiy nitrit-nitrati, kalsiylashtirilgan soda, suyuq 
shisha, karbamid va boshqalar ishlatiladi. Xlorli tuzlar beton tarkibiga 
sement massasiga nisbatan 1-2% qo‘shiladi, ular miqdorining oshishi 
konstruksiyaning metall armaturasi emirilishiga olib keladi. Kimyoviy 
qo‘shimchalar betonning boshlang‘ich davridagi (3sut) mustahkamligini 


oshirishi mumkin, keyinchalik 28 sut. mustahkamligi qo‘shimchasiz beton 
singari bo‘ladi.
Beton qorishmasiga kimyoviy qo‘shimchalarni kiritish tarkibidagi 
suvning muzlash haroratini pasaytiradi va minus haroratda ham beton 
qotishiga imkoniyat yaratadi.
Quyosh nuri energiyasidan foydalanib (geliotermoishlov) betonning 
qotishini tezlashtirish usuli quruq issiq iqlim sharoitida keng tarqalgan. Bu 
usulda monolit va yig‘ma temirbeton konstruksiyalar qotishini tezlashtirish 
mumkin. Quyosh nuri energiyasini beton buyumlar ustida to‘plash uchun 
uning ustki qismi polietilen, polipropilen va boshqa polimer plenkalar bilan 
o‘rab qo‘yiladi; buyum va plenka orasidagi masofa 10-15 sm bo‘lishi kerak. 
Quyosh nuri energiyasidan unumli foydalanish maqsadida buyumlar nur tik 
tushadigan holatda o‘rnatilishi yoki nurga qarab burish imkoni bo‘lgan 
qoliplarga quyilishi mumkin.
Geliotermoishlashda bir kunduz davomida, betonning harorati yilning 
davriga 
qarab, 
45-85
0
S atrofida bo‘ladi, beton esa markadagi 
mustahkamlikning 50-70% erishishi mumkin.
Yil davomida bulutli kunlar ham bo‘lishini hisobga olib quyosh nuri 
energiyasi bilan birga boshqa usullarni ham birgalikda qo‘llash maqsadga 
muvofiqdir.
Monolit quyilgan beton birinchi kunlarda maxsus parvarishga muxtoj 
bo‘ladi. Chunki harorat va nisbiy namlikning meyordan o‘zgarishi 
betondagi ichki zo‘riqishlar natijasida hosil bo‘lgan yoriqlarni keltirib 
chiqaradi. Quruq issiq iqlim sharoitida beton yuzasi rulonli materiallar 
(polietilen va polipropilen plenkalar, brizent, chipta va boshq.), sochiluvchi 
materiallar (qum, qipiq, giltuproq va boshqalar) va yupqa plenka hosil 
qiluvchi polimerlar (lak-etinol, gossipol smolasi eritmalari, suvda eriydigan 
polimerlar, gelpolimerlar) suvni bug‘lanishini oldini olish maqsadida 
foydalaniladi.
Beton tarkibida namlikni saqlashning zamonaviy samarali usuli qorishmaga 
sement massasiga nisbatan 0,1-0,5% gelpolimerlarni qo‘shish usulidir. 
Gelpolimerlar betonda suvni mikrostruktura darajasida ushlab turish 
qobiliyatiga ega.
Monolit beton sovuq sharoitda quyilganda yuzasi issiqlik izolyasiyasi 
materiallari bilan vaqtincha yopib qo‘yilishi shart. Maxsus materiallar 
asosida monolit beton konstruksiyalarni dastlabki kunlarda o‘rab qo‘yish 
betonning normal qotishini ta’minlaydi. Sovuq kunlarda betonni “termos” 
tipidagi qoliplarga quyish maqsadga muvofiq bo‘lib, termosning oraliq 
bo‘shlig‘iga issiq havo, bug‘ yuborish imkoniyati bo‘ladi.
Qotgan betonning sifatini buzib va buzmasdan sinash usullarida 
aniqlash mumkin. Betonning mustahkamligini beton qorishmasidan 
muntazam ravishda namuna olib maxsus kublar tayyorlanadi va ularni 7 va 
28 sut sinab aniqlanadi. Kub namunalari yig‘ma va monolit beton qotishi 
sharoitlarida qotishi kerak.


Betonning mustahkamligini buzmasdan mexanik va fizik sinash 
usullari mavjud. Mexanik usulga I.A.Fidzelning “SHar bolg‘asi” va 
K.P.Kashkarovning “Etalon bolg‘asi” (Kashkarov bolg‘asi) misol bo‘ladi. 
Mexanik usul zarb berilganda beton yuzasida hosil qilingan chuqurcha 
kattaligi bilan ifodalanadi, chunki betonning mustahkamligi Yuqori bo‘lsa 
chuqurcha kichik o‘lchamda hosil bo‘ladi. Fizik usullar betonga berilgan 
zarba to‘lqinlari va ultratovush impulslarining tarqalishiga asoslangan. 
Ultratovush portativ asboblari yordamida betonda bo‘ylama va ko‘ndalang 
ultratovush to‘lqinlari tarqalishini aniqlash mumkin. Beton zich va 
mustahkam bo‘lsa, ultratovush to‘lqinlari tarqalish tezligi Yuqori bo‘ladi. 
Betonning 
mustahkamligi 
“ultratovush 
tezligi-mustahkamlik” 
nomogrammasi yordamida o‘rtacha 10% xatolik bilan aniqlanishi mumkin. 
Ultratovush defektoskopi yordamida betondagi darzlar, g‘ovaklar, 
bo‘shliqlar aniqlanadi.
Hozirgi kunda lazer nuri tarqatuvchi asboblar yordamida betonning 
zichligi, defektlari, namligi va boshqa xususiyatlarini o‘ta tezkorlik bilan 
aniqlash mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin