”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Yengil beton xossalari
 
 
Yengil beton nazariyasi uning mustahkamligi va beton qorishmasining 
chiqish koeffitsientining (&) suv sarfi o‘rtasidagi bog‘lanishdan kelib 
chiqadi. Bu nazariya N.A.Popov tomonidan belgilangan bo‘lib, & 
koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
Vb.k 
,
&= 
Vs
+Vm 
+Vy
bu yerda: V
b.q.
, V
m
, V
y
-mutanosib ravishda zichlashtirilgan beton 
qorishmasi, sement, mayda va yirik to‘ldirgichlarning hajmlari; &-doimo 
birdan kichik son bo‘lib, odatda 0,6-0,8 teng.
Yengil beton mustahkamligi (R) sement markasi, sement-suv nisbati, 
g‘ovak to‘ldirgich mustahkamligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi formula 
yordamida aniqlanishi mumkin:
R=AR
s
(S/S-v) ,


bu yerda: A va v koeffitsientlari og‘ir betonda ishlatiladigan 
koeffitsientlardan farq qiladi. G‘ovak to‘ldirgichning mustahkamligi kam 
bo‘lsa, A va v koeffitsientlari ham shunchalik kichik bo‘ladi.
Doimiy ishlatilayotgan sement va yengil to‘ldirgichlar uchun suv 
miqdori optimal miqdorda bo‘lganda, yengil beton mustahkamligi asosan 
sementning markasi va miqdoriga bog‘liq bo‘ladi:
R
=
KR
s
(S-S
o
) ,
bu yerda: K va S
o
-beton namunalarini sinab aniqlanadigan 
kattaliklardir. Namunalar tayyorlashda suv miqdori optimal bo‘lib, sement 
miqdori esa o‘zgaruvchan bo‘lgan va namunalar bir xil sharoitda qotgan 
bo‘lishi shart. K-o‘lchamsiz kattalik bo‘lib, S
o
-sement sarfi kg bo‘lishi 
mumkin.
Yengil beton tarkibi tajriba-sinash usulida aniqlanadi. Popov N.A. 
taklif etgan grafik bo‘yicha to‘ldirgichlarning optimal donador tarkibi 
tanlanadi, so‘ngra sementning 3 xil sarfida yengil beton qorishmalari 
tayyorlanadi. Belgilangan beton harakatchanligiga mos keladigan optimal 
suv miqdori tanlanadi.
Beton qorishmasidan kub shaklidagi namunalar tayyorlanib zichligi, 
mustahkamligini sement sarfiga bog‘liqligi grafiklari quriladi va shu 
grafiklar zaminida yengil betonning optimal tarkibi aniqlanadi.
Yengil betonlarning sifatini mustahkamligi bo‘yicha klasslari va 
o‘rtacha zichligi bo‘yicha markalari belgilaydi. Zichlashtirilgan yengil beton 
siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga (MPa) ko‘ra V2,5... V40 klasslarda, 
cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan (MPa) V0,8... V3,2 
klasslarda bo‘ladi.
Issiqlik izolyasiyasi betonlari V0,35; V0,75 va V1 klasslarda bo‘ladi.
Yengil betonlar klasslarga bo‘linmasdan siqilishdagi mustahkamligiga 
(kg/sm
2
) nisbatan M35-M500 markalarda bo‘ladi. Yengil betonlar quruq 
holatda o‘rtacha zichligiga (kg/m
3
) ko‘ra D200... D2000 markalarga 
bo‘linadi.
Yuqori markadagi konstruksion yengil betonlar o‘rtacha zichligi 
16001800 kg/m
3
bo‘lib, ularni tayyorlashda mustahkamligi Yuqori yengil 
to‘ldiruvchilar (to‘kma holatdagi zichligi 600-800 kg/m
3
) ishlatiladi. Bu 
holda mayda g‘ovak to‘ldiruvchilar qisman yoki butunlay zich to‘ldirgichlar 
bilan almashtiriladi.
Yengil betonlar ishlatilish sohasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi: o‘rtacha zichligi 1400-1800 kg/m
3
bo‘lgan konstruksion; o‘rtacha 
zichligi 500-1400 kgkm
3
bo‘lgan konstruktiv-issiqlik izolyasiyasi; 500 
kgkm

gacha o‘rtacha zichlikdagi issiqlik izolyasiyasi. Yengil betonlarning 
o‘rtacha zichligini sement toshi tarkibida yopiq mikrog‘ovaklar hosil qilish 
usuli bilan kamaytirish mumkin. Buning uchun yengil beton tayyorlash 
jarayonida ko‘pik yoki gaz hosil qiluvchi kimyoviy qo‘shimchalar oz 
miqdorda kiritilishi kifoyadir. Odatda sement toshida hosil qilingan 
mikrog‘ovaklar yengil betonning mustahkamligini kamaytirmagan holda 
zichligi va issiqlik o‘tkazuvchanligini sezilarli darajada kamaytiradi.


Yengil betonlarning muhim hossalaridan biri ularning issiqlik 
o‘tkazuvchanligi hisoblanadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik yengil betonning 
zichligiga va namligiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yengil beton nisbiy 
namligining 1% ko‘payishi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientini 
0,0160,035 
Vt(m
.0
S) 
oshishiga 
olib 
keladi. 
Keramzitobeton, 
agloporitbetonning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientlari mutanosib 
ravishda 0,16-0,40 va 0,25-0,48 Vt(m
.0
S) bo‘ladi.
Turarjoy binolarining tashqi devorlariga ishlatiladigan konstruktiv-
issiqlik izolyasiyasi yengil betonlari qalinligi issiqlik o‘tkazuvchanlik 
koeffitsientiga ko‘ra 20 dan 40 smgacha bo‘lishi mumkin. Bunday betonlar 
tarkibi shunday tanlanishi kerakki, atmosferadagi namlik meyoridan ortiq 
ravishda uysozlik panellariga shimilmasin. Ayniqsa nam tortgan uysozlik 
konstruksiyalari tarkibidagi suvning muzlashi ularning issiqlik izolyasiyasi 
xossalarini keskin yomonlashtiradi.
Yengil betonlarning sovuqqa chidamliligi g‘ovakligiga, g‘ovaklikning 
strukturasiga va mustahkamligiga bog‘liq bo‘ladi. Yopiq g‘ovakli 
to‘ldirgichlar asosidagi yengil betonlar ochiq g‘ovakli to‘ldirgichli 
betonlarga nisbatan sovuqqa, haroratning keskin o‘zgarishiga chidamli 
bo‘ladi. Yengil betonlar sovuqqa chidamliligi bo‘yicha /25... /500 
markalarda bo‘ladi. Yengil betonlarning sovuqqa chidamliligini zichligini 
ko‘paytirish gidrofob yoki difil polimer qo‘shimchalar qo‘shish bilan 
oshirish mumkin.
Yengil betonlarning suv o‘tkazmasligi to‘ldirgichlarning turiga, 
sementning miqdoriga, betonni zichlashtirish usuliga bevosita bog‘liq 
bo‘ladi. Ularning suv o‘tkazmasligi W0,1...W1,2 bo‘lib, zich konstruktiv 
yengil betonlarda W2 bo‘lishi mumkin.
Yuqori mustahkamlikdagi sovuqqa chidamli yengil betonlar asosida 
murakkab ob-havo sharoitlarida ishlatiladigan ko‘prik konstruksiyalari
gidrotexnik inshootlar, Yuqori bosimda ishlaydigan temirbeton quvurlar va 
boshqa konstruksiyalar tayyorlanadi.
Yengil beton qorishmalari og‘ir beton tayyorlanadigan qorgichlarda 
tayyorlanishi mumkin. Ammo betonqorgichga yengil beton komponentlari 
biroz boshqacharoq ketma-ketlikda solinadi. Avval sement suv bilan 
aralashtirilib, so‘ng ketma-ket mayda va yirik to‘ldirgichlar qo‘shiladi va 
sinchiklab aralashtiriladi. Og‘ir beton qorishmasi singari avval 
komponentlar quruq holatda aralashtirilib, keyin suv bilan aralashtirilsa, 
yengil beton tarkibidagi g‘ovak to‘ldirgich suvni shimib oladi, natijada 
beton qorishmasini tayyorlash qiyinlashadi.
Yengil beton qorishmasini “bo‘lak” (ayirma) texnologiya usulida 
tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Bu usulga binoan bog‘lovchi, suv va 
modifikatorlar tez aylanuvchan rotorli qorgichlarda (400-600 marta/min) 
40-60 sek davomida intensiv aralashtiriladi, so‘ng majburiy betonqorgichda 
to‘ldiruvchilar bilan aralashtiriladi. “Bo‘lak” usulda yengil beton qoirshmasi 
bir xil strukturada hosil bo‘ladi va undan tayyorlangan buyum va 
konstruksiyalarning sifati yuqori bo‘ladi.


Yengil betonlarni qoliplash va zichlashtirish og‘ir betonlarni qoliplash 
usuli singaridir. Katta yuzali yengil beton konstruksiyalarni zichlashtirish 
jarayonida 20-50 g/sm
2
bosim tushadigan hisobda yuk qo‘yib zichlashtirish 
samarali bo‘ladi. Chunki titratib zichlashtirilganda beton yuzasida yengil 
to‘ldirgich donalari bo‘rtib chiqib notekis yuza va g‘ovak struktura hosil 
qilishi mumkin. Yengil betonlarning qotishini bug‘lash, turli issiqlik 
beruvchi vositalar yordamida tezlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin