”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Kislotabardosh beton 
 
Kislotabardosh beton suyuq shishaga polimer qo‘shib olingan 
bog‘lovchi, kukun to‘ldirgich, qotiruvchi, mayda va yirik to‘ldirgichlar 
asosida tayyorlanadi.
Kislotaga chidamli kukun to‘ldirgichlar toza kvars qumi, andezit, 
bazalt, diabaz va sh.k, asosida olinadi. Suyuq shishani qotirish uchun 
kremneftorli natriy (Na
2
SiF
6
) qo‘shiladi. To‘ldirgich sifatida kvars qumi, 
granit, andezit, kvarsit kabi kislotaga chidamli chaqiq toshlar ishlatiladi.
Ushbu komponentlar asosida ratsional tarkibda tayyorlangan beton 
qorishmasi turli zichlashtirish usullari bilan qoliplangach, 10 sut davomida 
15-20
0
S haroratda ochiq havoda saqlanadi. Beton qotgach yuzasi sulfat yoki 
xlorid kislotasi bilan xo‘llanib yanada zichlashtiriladi. Kislotabardosh beton 
konsentrlangan kislotalar, tuzli muhitlarga o‘ta chidamli bo‘lsada, suv 
ta’sirida 5-10 yilda, ishqoriy qorishmalarda esa bundan ham tezroq buziladi. 
Kislotabardosh beton kimyo sanoati sexlarining pol, devor qismlarini, 
elektroliz vannalarini futerovka qilishda (qoplashda), mineral o‘g‘itlar 
saqlanadigan omborxonalarni agressiv muhitlardan himoyalashda ishlatiladi.
Radioaktiv nurlardan himoyalovchi beton 
 
Maxsus betonning bunday turi atom elektrostansiyalari, termoyadro 
sinash poligonlarida, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalovchi inshootlar 
qurilishida ishlatiladi. Betonga o‘ta og‘irlik, zichlik va tarkibida muayyan 
miqdorda vodorod bo‘lishi (odatda suv tarkibida) kabi maxsus talablar 
qo‘yiladi. Beton tayyorlashda bog‘lovchi sifatida portlandsement, shlakli 
portlandsement va giltuproqli sement tavsiya etiladi.


To‘ldirgich sifatida magnetit (Fe
3
O
4
), gematit (Fe
2
O
3
) kabi tarkibida 
60% dan ko‘p temir bo‘lgan temir rudasi, qo‘ng‘ir temir (limonit) 
Fe
2
O
3
.
nH
2
O va boshqalar ishlatiladi. Tarkibida 80% bariy sulfati (VaSO
4

bo‘lgan barit rudasi (barit) beton tayyorlashda mayda va yirik to‘ldirgich 
sifatida ishlatiladi. Mayda to‘ldirgich sifatida kvars yoki limonit qumi, 
cho‘yan pitrasi qo‘llaniladi. Metall yirik to‘ldirgich metallni qayta ishlash 
zavodlari chiqindilaridan olinishi mumkin. O‘ta og‘ir betonlarning o‘rtacha 
zichligi to‘ldirgich turiga bog‘liq bo‘lib, magnetit to‘ldirgichli beton 4000
Kg/m
3
, metall to‘ldirgichli beton 6000 kgkm
3
ga etadi.
O‘ta og‘ir beton mustahkamlik bo‘yicha markasi M100,M200 va M300 
bo‘ladi. Beton tarkibini tanlashda suvning miqdoriga alohida ahamiyat 
beriladi, chunki beton tarkibidagi kimyoviy bog‘langan suv kishi organizmi 
uchun xavfli bo‘lgan k-nurlar va neytron oqimlarini samarali yutuvchi 
hisoblanadi. O‘ta og‘ir beton atom reaktori aktiv korpusini himoyalashda 
ishlatilganda, olovbardoshlik va o‘tga chidamlilik talab etiladi. Og‘ir beton 
massiv quyilganda sementdan kam miqdorda issiqlik ajrab chiqishi va 
kirishishi asosiy omil hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin