”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Yo‘l va aerodrom qoplamalari betoni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 
Yo‘l va aerodrom qoplamalari betoni 
 
Avtomobil yo‘llari va aerodrom qoplamalari murakkab atmosfera 
sharoitida ishlatiladi. Ular doimo yog‘in-sochin, muzlash va erish ta’sirida 
bo‘ladi. Quruq issiq iqlim sharoiti bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlarida 
yo‘l betonlariga Yuqori haroratdan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish ham 
salbiy ta’sir etadi.
Avtomobil va havo kemalarining harakatidan hosil bo‘ladigan dinamik 
kuchlanishlar, zarblar, ishqalanishlar, turli gazlar betonning emirilishini 
tezlashtiradi. Shu sababli yo‘l betonlariga zichligi, mustahkamligi, sovuqqa 
chidamliligi, edirilishga bardoshligi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. Yo‘l 
betonining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasi M300- 
M500, egilishdagi mustahkamligi 4-5,5 MPa bo‘lishi kerak. Betonning 
sovuqqa chidamliligi /150, /200 va yuqori bo‘lishi shart.
Yo‘l va aerodrom qoplamalari betoni 500 markali portlandsement 
asosida tayyorlanadi. Ekspluatatsiya xossalarini yaxshilash uchun sement 
yoki beton tarkibiga gidrofob, difil moddalar va superplastifikatorlar kiritish 
mumkin.


Beton uchun mayda to‘ldirgich sifatida tozalangan kvars qumlari, yirik 
to‘ldirgich sifatida esa granitsimon zich tog‘ jinslaridan chaqib saralangan 
chaqiq toshlar ishlatilishi maqsadga muvofiqdir.
Yo‘l va aerodrom qoplamalari betonlari beton qorish sexlarida yoki 
avtobetonqorgichlarda sinchiklab qoriladi va maxsus beton quyish 
mashinalari yordamida quyiladi. Beton issiq-sovuqdan hosil bo‘ladigan 
deformatsiyalarni hisobga olib deformatsiya choklari qoldirilib quyilishi 
kerak. Beton quyilgach dastlabki kunlarda suvning bug‘lanishini keskin 
kamaytirish va qoplamaning ob-havo sharoitiga chidamliligini oshirish 
maqsadida uning yuzasi maxsus polimer materiallar (lak etinol, bitum va 
qatron emulsiyalari, suvda eriydigan polimerlar va sh.k) bilan himoyalanishi 
mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin