”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Qurilish qorishmasining asosiy xossalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

3.2 Qurilish qorishmasining asosiy xossalari 
 
Qorishmaning 
asosiy 
xossalariga 
mustahkamligi va 
sovuqqa 
chidamliligi kiradi. Zarurat bo‘lganda qorishmaning asosga yopishishi va 
deformativ xususiyatlari (kirishishi, elastiklik moduli va sh.k) aniqlanadi.
Mustahkamlik.
Qotgan 
qorishmaning 
mustahkamligi 
mineral 
bog‘lovchining aktivligiga, suv-sement nisbatiga, qotish muddati va 
sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Qorishmaning siqilishdagi mustahkamligi (markasi) o‘lchamlari 
7,07x7,07x7,07sm bo‘lgan kublar yoki 4x4x16sm to‘sinchalarni standart 
usulda 28 sut. normal sharoitda saqlangandan keyin sinab aniqlanadi.
Sementli qorishmaning mustahkamligini sementning aktivligi va sement-
suv nisbatiga bog‘liqligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
R
28=
0,4R
s
(S/S-0,3)
Ushbu formula yordamida mustahkamlikni aniqlash g‘ovak buyumlar 
ustiga yoyiladigan sementli qorishmalarga ta’luqli bo‘ladi.
G‘isht, beton va boshqa g‘ovak materiallarga yoyiladigan sementli 
qorishmalar mustahkamligi sement-suv nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, balki 
faqat sementning sarfiga bog‘liq bo‘ladi va quyidagi formula yordamida 
aniqlanadi:
R
28=
k
R
s
(S-0,05)+4
Keltirilgan formula sement-ohakli qorishmalarga tegishlidir: Ssement 
sarfi, tm
3
qumga nisbatan

koeffitsienti qumning sifatiga bog‘liq: yirik 
qum uchun-2,2, o‘rtacha yiriklikdagi qum uchun-1,8 va mayda qum uchun-
1,4.


Sementli aralash qorishmalarning mustahkamligi qorishma tarkibiga 
kiritiladigan ohak yoki giltuproqning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Aralash
qorishmalar
mustahkamligi
va plastifikatsiyalovchi
qo‘shimchalar (ohak, giltuproq) miqdori o‘rtasidagi umumiy bog‘liqlik 
8.2rasmda keltirilgan. Keltirilgan grafiklarga binoan qorishmalar tarkibida 
mayda to‘ldirgichni ko‘paytirish mustahkamlikning pasayishiga olib keladi.
Qurilish qorishmalari 28 sutkadagi siqilishdagi mustahkamlik 
chegarasiga nisbatan quyidagi markalarga bo‘linadi: 4, 10, 25, 50, 75, 100, 
150, 200 va 300.
Normal sharoitda sementli qorishmalar mustahkamligi beton kabi uzoq 
muddat davomida oshib borishi mumkin.
Sementli qorishmalar mustahkamligi 7 sut 40-50%, 14sut 60-70%, 28 
sut 100%, 90 sut 130% markadagi mustahkamlikka nisbatan oshib borishi 
mumkin.
Binolarning tashqi devorlariga g‘isht, tosh terishda sement-ohakli va 
sement-giltuproqli aralash 10, 25 va 50 markadagi qorishmalar ishlatiladi. 
Bino karnizlari, stolbalari, deraza va eshik ustidagi g‘isht va toshlar terishda 
100 markadagi qorishma ishlatiladi.
Vibrog‘isht panellari tayyorlashda 75, 100, 150 markadagi sementli va 
shlakli sement asosidagi qorishmalar qo‘llaniladi.
Ohak (giltuproq) xamiri qo‘shimchasi, 1 h q sementga 
mos hajmiy qismlarda 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin