”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2. Pardozlash qorishmalari 
Pardozlash qorishmalari sementlar, ohak, gips, sement-ohak, ohak-gips, 
gipssementputssolan va boshqa bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi.
Pardozlash qorishmalari ikki asosiy turga: odatdagi suvoq qorishmalari va 
manzarali qorishmalarga bo‘linadi.
Ishlatilish sohasiga ko‘ra suvoq qorishmalari tashqi suvoq va ichki suvoq 
qorishmalariga bo‘linadi.


G‘isht-tosh va beton asosida qurilgan bino va inshootlarni tashqi 
tomondan suvash uchun sementli, sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Quruq 
issiq iqlim sharoitida yog‘och yuzalarni suvashda ohak-gipsli qorishmalar 
ishlatilishi mumkin.
Doimo nam va suv ta’sir etadigan binolarning sokol, karniz va boshqa 
qismlarida tarkibiga gidrofob moddalar qo‘shilgan sementli va sementohakli 
qorishmalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Xonalar havosining nisbiy namligi 60% gacha bo‘lganda binolar ichki 
devorlari va qavatlararo yopmalarni suvash uchun ohakli, gipsli, ohak-gipsli va 
sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi.
Suvoq qorishmalarining harakatchanligi standart konusning cho‘kishi 
chuqurligi bilan aniqlanadi.
Mexanizatsiyalashtirilgan usulda suvashda ichki qatlam uchun qorishma 
harakatchanligi 6-10 sm ni, qo‘l bilan suvashda esa 8-12 sm tashkil etadi.
Bunda qumning eng yirik donasi 2,5 mm oshmasligi kerak.
Pardozlash qatlamining harakatchanligi 8-12 sm bo‘lishi kerak. Bu 
qorishmalarda qumning eng yirik donasi 1,25 mm bo‘ladi.
Manzarali qorishmalar binolarni tashqi va ichki tomondan bezashga 
mo‘ljallangan. Manzarali qorishmalar asosida devor panellari va yirik 
bloklarning sirtqi yuzalarini zavodning o‘zida pardozlash, shuningdek qurilish 
maydonlarida bino fasadlarini pardozlash mumkin.
Turarjoy va jamoat binolarining ichki devorlarini pardozlashda ham 
manzarali qorishmalar ishlatiladi.
Manzarali qorishmalar olishda bog‘lovchi sifatida oq, rangli va oddiy 
portlandsementlar, binolarning ichki devorlari uchun esa ohak va gips 
ishlatiladi.
Manzarali qorishmalar tayyorlashda mayda to‘ldirgich sifatida toza kvars 
qumlari, granit, marmar, ohaktosh, xarsangtosh va boshqa oq va rangli tog‘ 
jinslarini maydalab olingan qum ishlatiladi. Manzarali qorishma tarkibiga 
bezash faolligini oshirish maqsadida ozgina miqdorda slyuda, vermikulit, 
perlit, shisha maydasi kiritiladi. Ichki bezakda pardoz qatlamiga dekorativ 
ko‘rinish berish uchun rangli polimer donachalar ham qo‘shilishi mumkin.
Manzarali qorishmalarga rang berish uchun ishqor muxitiga chidamli va 
quyosh 
nuriga 
bardoshli 
tabiiy 
va 
sun’iy 
pigmentlar 
(lazur, 
ultramarin,oxra,temirli surik, mo‘miyo va boshq.) ishlatiladi.
Temirbeton panellarni pardozlash uchun kamida 150 markali, yengil 
betonlardan tayyorlangan panellarni pardozlash hamda binolarning fasadlarni 
suvash uchun 50 markali qorishmalar ishlatiladi.
Manzarali qorishmalarning sovuqqa chidamliligi kamida /35 markada 
bo‘lishi kerak. Qorishmaning massa bo‘yicha suv shimuvchanligi 8% 
oshmasligi zarur. Yirik panellar va bloklarni zavodda manzarali qorishmalar 
asosida fakturali ishlanishi tavsiya etiladi.
Buning uchun rangli metallar, plastik va shishaplastik relefli matritsa 
joylashtirilgan qoliplar ishlatiladi. Qorishma yuzasini abraziv disklar va 


boshqa usullarda ishlov berish qorishma qotgandan keyin ham amalga 
oshirilishi mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin