kamida 75-125 kgm
3
bo‘lishi kerak.
Yuqori namlikdagi gruntlarda va er osti suvlaridan pastda joylashgan
bino qismlarida terish ishlarini olib borishda aktiv mineral qo‘shimchali
portlandsement yoki shlakli portlandsement (kamida 125 kgm
3
qumga
nisbatan) asosidagi qurilish qorishmalari ishlatilishi kerak.
Muhit harorati pasaysa qorishmalar mustahkamligining o‘sish sur’ati
ham kamayadi. Past haroratda qorishmaning mustahkamligi 28
sutkada
markadagiga nisbatan 55-75% tashkil etadi. Shlakli va putssolanli sementlar
asosida tayyorlangan qorishmalar 10
0
Sdan past haroratda ishlatilsa
mustahkamlikning o‘sishi keskin pasayadi va harorat 0
0
S
dan pasaygan
qorishmada qotish jarayoni amalda to‘xtaydi.
Qish mavsumida ishlatiladigan qorishmalarning markasi yozdagiga
nisbatan bir daraja Yuqori olinadi (masalan, 75 o‘rniga 100 marka).
Sovuqqa
chidamlilik.
Qorishmaning
sovuqqa
chidamliligi
7,07x7,07x7,07sm namuna-kubiklarni standart usulda sinab topiladi.
Sovuqqa chidamlilik bo‘yicha qorishma markasini
belgilashda namunalar
mustahkamligining 25% gacha va massasining 5% gacha pasayishi ruxsat
etiladi.
Tashqi devor g‘ishti, toshini terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar
/10, /15, /25, /35, /50 markadagi sovuqqa chidamlilikga ega bo‘lishi kerak. Muhit
namligi Yuqori bo‘lsa, qorishma sovuqqa chidamliligi /100, /150, /200 va /300
markalarda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Qorishmalarning sovuqqa chidamliligi
mineral bog‘lovchining turiga, suvsement nisbatiga, qo‘shimchalarga va qotish
sharoitiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: