2. Maxsus qorishmalar Gidroizolyasion qorishmalar. Gidroizolyasion qorishmalar odatda
portlandsement, sulfat muxitiga chidamli sement, gidrofob sement va
kengayuvchi sement asosida tayyorlanadi. Ularning tarkibiga 1:2,5 yoki 1:3,5
(sement:qum, massasi bo‘yicha) bo‘lib, suv o‘tkazmaslik xususiyatini yanada
yaxshilash uchun tarkibiga har xil zichlashtiruvchi moddalar (natriy
alyuminati, xlorli temir, bitum emulsiyasi, polimerlar, latekslar va boshq.)
kiritiladi. Gidroizolyasion qorishmalar doimo nam, suv yoki agressiv muhitlar
ta’sirida bo‘ladigan bino va inshootlarning qismlarini, yuzalarini suvashda
ishlatiladi.
In’eksion qorishmalar. In’eksion qorishmalar armaturasi avvaldan
taranglanadigan
temirbeton
konstruksiyalar
tayyorlashda
armaturani
korroziyadan himoyalash maqsadida kanallarni to‘ldirish uchun ishlatiladi.
Ular sement xamiri yoki sement-qum aralashmasi sifatida tayyorlangan
pasta holatida bo‘lishi mumkin. Mayda to‘ldirgich sifatida yiriklik moduli eng
kichik, yuvilgan kvars qumi ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mineral
bog‘lovchi sifatida M400 va undan yuqori markali portlandsement ishlatiladi.
Sementning sarfi 1m
3
qorishma uchun 1100-1400 kg va 1 m
3
sement xamiri
uchun 1300-1600 kg bo‘lishi kerak. In’eksion qorishmaning siqilishga
mustahkamligi bo‘yicha markasi kamida 300 bo‘ladi.
Qorishma aralashmasining qovushoqligini kamaytirish uchun tarkibiga
LST, milonaft kabi sirtaktiv moddalar va S-3 singari superplastifikatorlar (0,1-
1%, massasi bo‘yicha) kiritish tavsiya etiladi.
Akustik qorishmalar. Tovush yutuvchi suvoqlar tayyorlashda va aks sado
hosil bo‘lmaydigan xonalarni suvashda akustik qorishmalar ishlatiladi.
Mineral bog‘lovchi sifatida portlandsement, shlakli portlandsement, ohak,
gips, ular asosidagi aralash bog‘lovchilar va kaustik magnezit ishlatiladi.
Mayda to‘ldiruvchi sifatida ko‘pchitilgan perlit, pemza, keramzit va shu kabi
g‘ovak materiallardan olingan, yirikligi 3-5mm bo‘lgan bir fraksiyali qumlar
ishlatiladi. Qorishmalarning o‘rtacha zichligi 6001200 kgm
3
bo‘lib, ochiq
g‘ovakli strukturaga ega bo‘ladi.