5. Qorishmalarni tayyorlash va tashish Qurilish qorishmalari beton-qorishma zavodlarida, lar tayyorlash
markazlarida yoki qorishma qorish uzellarida tayyorlanadi. Qurilish maydoni
zavoddan uzoqda joylashganda va bajariladigan ishlar hajmi kam bo‘lganda
qorishma ob’ekt yaqinida joylashgan mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalarda
tayyorlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qorishmalarni
tayyorlash
jarayoni
tashkil
etuvchi
materiallarni
tayyorlash, ularni o‘lchash (dozalash) va aralashtirishdan iborat bo‘ladi.
Portlandsement, ohak, gips va boshqa bog‘lovchilar Davlat standarti
talablariga javob berishi kerak. Qum zarurat bo‘lsa elanadi, yuvish usulida
chang, loy miqdori meyorga keltiriladi. Ohak va giltuproq xamiri zarur
quyuqlik darajasida tayyorlanadi. Qorishma harakatchanligini meyorga
keltirish
uchun
tarkibiga
kiritiladigan
plastifikatorlar va
kimyoviy
qo‘shimchalar tegishli konsistensiyagacha suyultiriladi.
Qorishmalarni tayyorlashda mineral bog‘lovchilar massasi bo‘yicha, qum
va suv hajm bo‘yicha o‘lchab solinadi.
Qurilish qorishmalari 150, 375 va 750l sig‘imli davriy ishlaydigan
qorishma qorgichlarda tayyorlanadi. Qorishma qorgichlarda og‘ir qorishmalar
1-2 minut, yengil qorishmalar esa 4 minut davomida aralashtiriladi.
Hozirgi vaqtda qurilish qorishmalari quruq qorishmalar markazida suv
qo‘shmasdan tayyorlanib, qurilish maydonlarida maxsus qorishma qorgichlar
vositasida plastik qorishmaga aylantirilishi mumkin.
Qurilish
qorishmalari
istemolchiga
maxsus
uskunalangan
avtotsisternalarda, avtosamosvallarda tashiladi.
Quruq qorishmalar maxsus avtopritsep qorishma qorgichlarda tashiladi va
qurilish maydonlarida suv bilan aralashtirilib binolarga uzatiladi. Qorishma
Yuqori qavatlarga maxsus ko‘tarmalar, nasoslar yoki pnevmotransport
vositasida etkazib beriladi.