Listlar olovbardosh bo‘lgani uchun yonadigan buyum va konstruksiyalarni
himoyalashda ishlatilishi mumkin.
Gipskarton listlar ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab bo‘lgani uchun
va karton tannarxi Yuqori bo‘lgani sababli gipsli listlarni organiq tolasimon
qo‘shimchalar qo‘shib tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Ularni tayyorlashda organiq tolasimon materiallar
sifatida maydalangan
yog‘och, qog‘oz makulaturasi, kanop va boshqa o‘simlik tolalari massa
bo‘yicha 10% gacha qo‘shiladi. Bu xildagi listlarni
tayyorlash texnologiyasi
nisbatan soddaroq, tannarxi esa arzon bo‘ladi.
Gipskarton va kartonsiz listlar yog‘och karkasli asosga mixlanadi, boshqa
asoslarga gips-elim, ko‘pikgips va turli sintetik mastikalar yordamida
maxkamlanadi. Listlarning qirra tomonlarida nuqsonlar bo‘lmasligi kerak.
Ularning choklari marli elimlanib shpaklevkalanishi yoki yog‘och, plastmassa
burchakli reykalar bilan berkitilishi mumkin.
Keyingi yillarda bino va inshootlarni qayta qurish va ta’mirlashda
gipskarton listlarni (GKL) ishlatish kengaymoqda. Zarurat bo‘lganda, mavsum
talab etadigan xo‘l suvoq qorishmalari o‘rniga GKL larni ishlatish ta’mirlash
texnologiyasi va tezligini butkul o‘zgartirdi.
GKL lar birinchi marta 1935/36 yy. Moskva
shahri qurilishida ishlatilib,
1950 yy. da davom ettirilgan. Hozirgi kunda MDX da Germaniyaning “Knauf”
firmasi GKL qurilish tizimida keng tarqalgandir. Knauf GKL ishlatishga qulay
va ekologik toza bo‘lib, ta’mirlash tadbirlarida mavsum tanlamaydi va oson
montaj qilinadi.
Knauf GKL umumiy sxematik ko‘rinishi 9.6-rasmda va turlari mos
ravishda 9.1- va 9.2- jadvalda berildi.
Dostları ilə paylaş: