Prokat usulida gipsbeton panellar ishlab chiqarish texnologik sxemasi
1-prokat agregati; 2-qorishma qorgich; 3, 4,5-gips, qum, qipiq
bunkerlari; 6-dozator-ta’minlagich; 7-etkazuvchi rolgang; 8-kantovatel
(suruvchi zix).
Qurilish maydonlariga panellar maxsus treller-pritsepli avtomashinalarda
tashiladi, montaj qilinguncha kassetalarda yog‘in-sochindan himoyalangan
holda saqlanadi.
Pol asoslari uchun ishlatiladigan panellar bog‘lovchisi
tarkibida gipsdan
tashqari sement va putssolan qo‘shimchalar bo‘ladi. Gipssementputssolanli
panellar xona devori o‘lchamlarida, 50-60 mm qalinlikda ishlab chiqariladi.
Panel mustahkamligini oshirish maqsadida yog‘och karkas bilan
armaturalanadi. Panellar xonaning bir qismini qoplaydigan o‘lchamlarda ham
ishlab chiqarilishi mumkin. Ularning o‘rtacha zichligi 1300 kgm
3
gacha,
siqilishdagi mustahkamligi kamida 7 MPa bo‘lishi kerak.
Gipssementputssolan bog‘lovchi asosida tayyorlangan plita va panellar
sanitariya-texnika kabinalari, ventilyasiya kommunikatsiyalari,
hamda bir
qavatli turar joy binolari tashqi devorlari qurilishida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: