”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Pardadevor uchun panellar. 
Bunday panellar Yuqori markali 
gipsbetondan katta o‘lchamlarda tayyorlanadi. Katta o‘lchamli panellar xona 
uzunligida, qavat balandligida, eni esa 80-120mm holda tayyorlanadi; xususiy 
xollarda xonaning bir qismi uchun tayyorlanishi mumkin. Gipsbeton panellarni 
tayyorlash jarayonida eshik kesakilari va boshqa qismlar qo‘yib yuboriladi. 
Sanitariya xonalari uchun 2510x1700 mm o‘lchamdagi gipsbeton panellar 
ishlab chiqariladi. Gipsbeton panellarning o‘rtacha zichligi 14001500 kgm
3
.
Gipsbeton panellar massasi katta bo‘lib, issiqlik bilan qayta ishlash 
qiyinchiliklar tug‘diradi. Gipsbeton panellarning massasini kamaytirish 
maqsadida tarkibiga tolasimon yengil to‘ldirgichlar kiritiladi.
Gips tolali panellar olishda tolasimon to‘ldirgich sifatida maydalangan 
qog‘oz makulaturasi, qamish, kanop va g‘o‘zapoya, bug‘doy va guruch poyasi 
(po‘chog‘i), tekstil sanoati chiqindilari va boshqalar ishlatilishi mumkin. 
Bunday panellar 3000x1200 mm va 2500x600 mm o‘lchamlarda, qalinligi esa 
50 mm qilib ishlab chiqariladi. Ularning o‘rtacha zichligi 8001100 kgm
3

siqilishga mustahkamligi 3,5 MPa.
Gipsbeton panellar odatda prokat usulida ishlab chiqariladi. Prokat 
usulida buyum doimo harakatlanayotgan lenta orasiga quyiladi, so‘ngra 
quritish kamerasiga yuboriladi (9.5-rasm).
Gipsbeton plita va panellar olishda, binolar ichki pardadevorlarini 
qurishda ishlatiladi. Ular olovbardosh bo‘lgani uchun metall va yog‘och 
konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi. Gipsbeton plita va panellar 
sanitariya xonalari qurilishida ishlatilsa, suv o‘tkazmaydigan bo‘yoqlar va 
plitkalar bilan qoplanishi kerak.


Prokat usulida gipsbeton panellar ishlab chiqarish texnologik sxemasi 
1-prokat agregati; 2-qorishma qorgich; 3, 4,5-gips, qum, qipiq 
bunkerlari; 6-dozator-ta’minlagich; 7-etkazuvchi rolgang; 8-kantovatel 
(suruvchi zix).
Qurilish maydonlariga panellar maxsus treller-pritsepli avtomashinalarda 
tashiladi, montaj qilinguncha kassetalarda yog‘in-sochindan himoyalangan 
holda saqlanadi.
Pol asoslari uchun ishlatiladigan panellar bog‘lovchisi tarkibida gipsdan 
tashqari sement va putssolan qo‘shimchalar bo‘ladi. Gipssementputssolanli 
panellar xona devori o‘lchamlarida, 50-60 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. 
Panel mustahkamligini oshirish maqsadida yog‘och karkas bilan 
armaturalanadi. Panellar xonaning bir qismini qoplaydigan o‘lchamlarda ham 
ishlab chiqarilishi mumkin. Ularning o‘rtacha zichligi 1300 kgm
3
gacha, 
siqilishdagi mustahkamligi kamida 7 MPa bo‘lishi kerak.
Gipssementputssolan bog‘lovchi asosida tayyorlangan plita va panellar 
sanitariya-texnika kabinalari, ventilyasiya kommunikatsiyalari, hamda bir 
qavatli turar joy binolari tashqi devorlari qurilishida ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin