”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Gipsli qoplama listlar 
 
Gips bog‘lovchisi asosidagi quruq suvoq ikki tomoni kartondan iborat 
o‘rtasiga yupqa gips quyilgan list bo‘lib, yaxlit holda Yuqori mustahkamlikka 
ega bo‘ladi. Gipskarton listda egilishdagi Yuqori mustahkamlikni ikki 
tomondagi karton ta’minlaydi. O‘rta qismiga quyiladigan gips qorishmasi 
qo‘shimchasiz va mineral yoki organiq moddalar qo‘shilgan bo‘ladi. Gips 
tarkibiga 
tolasimon 
organiq 
qo‘shimchalar 
kiritilishi 
egilishdagi 
mustahkamligini yanada oshirishi mumkin.
Gipskarton listlar uzunligi 250, 270, 290 va 330 sm, eni 120 va 130 sm, 
qalinligi 10-12mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Ular Yuqori zichlikka
issiqlik va tovush izolyasiyasi xususiyatga ega bo‘ladi, oson kesiladi, 
arralanadi, mix qoqiladi. Oddiy gipskarton listlar havo namligi 60% gacha 
bo‘lgan xonalar devorlarini, shiplarni qoplashda ishlatiladi. Namga chidamli 
maxsus karton asosida tayyorlangan listlar namligi Yuqori bo‘lgan xonalar va 
sanitariya-texnika xonalari devorlarini qoplashda ishlatilishi mumkin. 
Gipskarton listlar turli maqsadlar uchun o‘ng yuzasi gulqog‘ozlar, 
polivinilxlorid pardalar bilan yog‘och yoki marmar teksturasida bezatilgan 
holda ishlab chiqariladi.
Quruq suvoq listlarni ishlatish qurilish ob’ektlarida bezak ishlarni 
tezlatadi va bunday ishlarni barcha mavsumlarda olib borish imkonini yaratadi. 


Listlar olovbardosh bo‘lgani uchun yonadigan buyum va konstruksiyalarni 
himoyalashda ishlatilishi mumkin.
Gipskarton listlar ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab bo‘lgani uchun 
va karton tannarxi Yuqori bo‘lgani sababli gipsli listlarni organiq tolasimon 
qo‘shimchalar qo‘shib tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Ularni tayyorlashda organiq tolasimon materiallar sifatida maydalangan 
yog‘och, qog‘oz makulaturasi, kanop va boshqa o‘simlik tolalari massa 
bo‘yicha 10% gacha qo‘shiladi. Bu xildagi listlarni tayyorlash texnologiyasi 
nisbatan soddaroq, tannarxi esa arzon bo‘ladi.
Gipskarton va kartonsiz listlar yog‘och karkasli asosga mixlanadi, boshqa 
asoslarga gips-elim, ko‘pikgips va turli sintetik mastikalar yordamida 
maxkamlanadi. Listlarning qirra tomonlarida nuqsonlar bo‘lmasligi kerak. 
Ularning choklari marli elimlanib shpaklevkalanishi yoki yog‘och, plastmassa 
burchakli reykalar bilan berkitilishi mumkin.
Keyingi yillarda bino va inshootlarni qayta qurish va ta’mirlashda 
gipskarton listlarni (GKL) ishlatish kengaymoqda. Zarurat bo‘lganda, mavsum 
talab etadigan xo‘l suvoq qorishmalari o‘rniga GKL larni ishlatish ta’mirlash 
texnologiyasi va tezligini butkul o‘zgartirdi.
GKL lar birinchi marta 1935/36 yy. Moskva shahri qurilishida ishlatilib
1950 yy. da davom ettirilgan. Hozirgi kunda MDX da Germaniyaning “Knauf” 
firmasi GKL qurilish tizimida keng tarqalgandir. Knauf GKL ishlatishga qulay 
va ekologik toza bo‘lib, ta’mirlash tadbirlarida mavsum tanlamaydi va oson 
montaj qilinadi.
Knauf GKL umumiy sxematik ko‘rinishi 9.6-rasmda va turlari mos 
ravishda 9.1- va 9.2- jadvalda berildi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin