Gips betonlar gips bog‘lovchisi va g‘ovak mineral to‘ldirgichlar va yengil
organiq to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi.
Mineral to‘ldirgich sifatida yoqilg‘i
va domna shlaklari, tuf va pemza
chaqiq toshlari, chig‘anoqli ohaktosh, keramzit,
perlit va boshqalar, organiq
to‘ldirgich sifatida esa qipiq, maydalangan poxol, qamish, makulatura va
boshqalar ishlatiladi.
Gips buyumlar tarkibiga to‘ldirgichlarni
kiritish mustahkamlikni
pasaytiradi; mustahkamlikni oshirish maqsadida gips qorishmasi tarkibidagi
suv miqdorini kamaytirish uchun titratish, presslash,
vibropresslash kabi
usullar qo‘llaniladi.
Gips va gipsbeton buyumlar ishlab chiqarishda Yuqori markadagi gipslar
va gipsshlaki, gipssementputssolanli murakkab tarkibdagi bog‘lovchilar
ishlatiladi.
Murakkab
bog‘lovchilar
asosidagi
buyumlar
Yuqori
mustahkamlikka, namlik muhitiga chidamlilikka ega bo‘ladi.
Gips va gipsbeton buyumlar ishlatilish sohasiga nisbatan quyidagi
turlarga bo‘linadi: pardadevorlar uchun plita va panellar;
yopma buyumlar;
devorlarni qoplash uchun listlar (gipsli quruq suvoq); devor toshlari va
bloklari; issiqlik izolyasiyasi buyumlari; arxitektura-bezak qismlari (karnizlar,
muqarnaslar, plafonlar, o‘ymakorlik buyumlari va boshq.).
Dostları ilə paylaş: