Mexanik ishlov berish
operatsiyasi buyumlarning dastlabki yoki yakuniy
qotish jarayonlaridan keyin amalga oshiriladi: listlar burchak qirralarini kesish,
quvurlar yon tomonlarini kesish, bosimli quvurlar
yon tomoniga faskalar
ochish va boshqalar.
Asbotsement buyumlarning turlari
Asbotsement buyumlarning asosiy turlariga tombop, devorbop, bezak,
pogonajli quvurlar va maxsus buyumlar kiradi.
Tombop buyumlar.
Tombop asbotsement buyumlarga quyidagilar
kiradi: turli profildagi to‘lqinsimon listlar va ular uchun fason qismlar,
yirik
o‘lchamdagi yopma yassi plitalar, armaturalangan konstruktiv yopma (nastil),
ekstruziya usulida tayyorlangan panellar, kam qavatli binolar uchun tombop
plitkalar va boshqalar.
To‘lqinsimon profillangan listlar (9.8, a-rasm) oddiy, o‘rtacha, Yuqori va
unifitsirlangan profillarda tayyorlanadi. Profillangan listlar uzunligi 1200-3300
mm, to‘lqin qadami 115-350 mm bo‘ladi. Buyumning massasi 9-98 kg,
egilishdagi mustahkamlik chegarasi esa 16-24 MPa ni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda profillangan listlar 1750
mm uzunlikda, 400150 va
540200-6 (to‘lqin balandligi to‘lqin uzunligi-qalinligi) tiplarda turarjoy va
qishloq xo‘jaligi binolari tomlarini yopish uchun; 540200-7,5 tipi esa sanoat va
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish bino va inshootlari tomlarini yopish uchun
ishlab chiqarilmoqda. Uzunligi 1250mm, 300130 va 400150 tiplardagi
to‘lqinsimon listlar kam qavatli va xususiy binolar qurilishida tombop material
sifatida ishlatilmoqda. Sanoat binolarini yopish uchun uzunligi 3300 mm,
1450350 tipdagi VK listlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Profillangan asbotsement listlar asosida tomlarni yopishda butlash uchun
fason detallari-to‘lqinsimon konkali,
soddalashtirilgan konkali, o‘tuvchi va
burchakli ishlab chiqariladi.
Yirik o‘lchamli yassi listlar uzunligi 2000-3600mm, eni 1200-1500 mm,
qalinligi 4-12 mm xolda tayyorlanadi.
Armaturalangan konstruktiv yopma (nastil) (9.8,b-rasm) 9m proletli qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarish binolarini yopishda ishlatiladi. Po‘lat armatura
konstruksiyaning cho‘ziluvchi zonasiga qo‘yiladi. Kuchaytirish uchun
ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchakli polosalar yoki yirik po‘lat sterjenlar
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: