Asbest shixtasi
bir-necha navli asbestlarni
optimal zichlikdagi, suv
ushlashlik xususiyati Yuqori bo‘lgan massa hosil qilish uchun tayyorlanadi.
Asbestni xurpaytirish
ikki bosqichda amalga oshiriladi:
begun yoki
valikli mashinalarda ezg‘ilash, so‘ngra ezilgan asbestni gollenderlar yoki
gidromexanik uskunalar vositasida xurpaytirish.
Yarim quruq va quruq
usullarda asbest dezintegratorlar yordamida xurpaytirilishi mumkin.
Asbotsement qorishmasini tayyorlash
buyumlar
ishlab chiqarish
usullariga ko‘ra turli uskunalarda amalga oshiriladi.
Asbotsement
suspenziyasi
gollenderlar
yoki
turboqorgichlarda
tayyorlanadi. Bunda gidravlik usulda xurpaytirilgan asbest suspenziyasi,
sement va qo‘shimcha suv (97-86% suv suspenziya tarkibida)
birgalikda
aralashtiriladi. Yarim quruq usullarda asbotsement qorishmalar ikki bosqichda
aralashtirib olinadi: avval quruq komponentlar qorgichida,
keyin davriy
ishlaydigan betonqorgichda suv qo‘shib tayyorlanadi.
Buyumlarni qoliplash asbotsement massa tarkibidagi ortiqcha suvni
zichlashtirib chiqarib yuborish va buyumga zaruriy shakl va o‘lcham berishdan
iboratdir. Ho‘l usulda listli buyumlar tayyorlash
silindrsimon plastik
asbotsement yarimfabrikatlarni dumaloq turli mashinalarda olinib, so‘ngra
press yoki to‘lqin hosil qiluvchi moslamalar vositasida presslab yoki to‘lqin
berilib amalga oshiriladi .
Dostları ilə paylaş: