”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 Gipskarton listi
Gipskarton listi turlari
№ Nomi
Rangi
kartoni
markirovkasi


1 Oddiy (GKL)
Kulrang
Havorang
2 Namlikka chidamli
Yashilrang Havorang
3 Ochiq alanga ta’siriga Yuqori bardoshli
Kulrang
Qizil
4 Ochiq alanga ta’siriga va namlikka Yuqori
Yashilrang
Qizil
bardoshli
20.2-jadval
GKL turlari bo‘yicha o‘lchamlari
Nomi
Qalinligi, mm
Eni,mm
Uzunligi,mm
GKL
8; 9,5; 12,5; 14; 16
1200
2000 dan
4000 gacha
18 Yuqori
600
GKLV
10; 12,5; 14; 16
1200
GKLO
12,5; 14,16
600
GKLVO
12,5; 14,16
1200
Gipskarton listlari bo‘ylama qirralarining shakli:
-
to‘g‘ri qirrali (PK), choklarni to‘ldirmasdan quruq holda mahkamlash 
uchun;
-
yuza tomoni yarim aylana (PLK), armaturalovchi lentasiz “Uniflot” 
shpaklevkasi bilan berkitishni hisobga olgan holda;
-
yuza tomoni ingichkalashtirilgan yarim aylana (PLUK), 1 va 2 
holatlardagi qirralar singari choklarni berkitishni hisobga olgan holdagi 
universal qirra;
-
qirrasi aylana shaklida (3K), keyinchalik suvoq ishlarini nazarda tutgan 
xolda mahkamlash uchun.
Yuza tomoni qirra ingichkalashtirilgan uzunligi 2500, 3000mm, eni 
1200mm, qalinligi 9,5 va 12,5mm gipskarton listlari ko‘p tarqalgan.
Shpatlevka qilingan tekis yuza hosil qilish uchun list ohiri 
ingichkalashtirilgan bo‘lib, mustahkam va bilinmas chok hosil bo‘lishi 
ta’minlangan.
Yarim aylanali qirra armaturalovchi lenta ishlatmasdan choklarni 
berkitishda imkon beradi.
GKLV va GKLO lar namligi Yuqori xonalarni bezashda ishlatish uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, suv shimuvchanligi 10% kam bo‘lishi kerak. Oddiy GKL 
larning suvda yumshash koeffitsienti Kr=0,45 bo‘lib, ular suv shimganda 
mustahkamligi keskin pasayishidan darak beradi.
GKLO va GKLVO listlarining ochiq alanga ta’siriga chidamliligi 2000S 
dan kam emas. GKL, GKLV, GKLO va GKLVO listlari yonuvchan P 


guruhiga kiradi. (GOST 30244): alangalanuvchi V3 (GOST 30402); tutun hosil 
qilish xususiyati bo‘yicha D1 (GOST 12.1.044); taqsimlovchi xususiyati bilan 
T1 (GOST 12.1.044).
Tomon o‘lchamlariga ruxsat etilgan o‘zgarishlar va tashqi nuqsonlar soni 
GOST 6266 – 97 talabi bo‘yicha quyidagi ikki A va B guruhga bo‘linadi. A 
guruxi bo‘yicha listlarni tayyorlash aniqligi Yuqori sanaladi.
GKL quyidagicha shartli belgilanadi:
-
harf belgilari (GKL);
-
list guruhlari belgilari (A va B);
-
ko‘ndalang qirra belgilari tipi (UK);
-
nominal uzunligi, eni va qalinligini ifodalovchi raqamlar (mm);
-
Rossiya va Germaniya standartlari belgilari. Oddiy gipskarton 
listining shartli belgilariga misol: GKL – A – UK – 2500 x 1200 x 12,5 
GOST 6266 – 97 DIN 18180.
GKL massasi o‘rtacha 10 kg/m3 bo‘lib, uning turiga va list qalinligiga 
bog‘liq (20.3-jadval).
20.3-jadval Turli rusumdagi GKL /m
2
ning massasi, kg
GKL
GKLV
GKLO
GKLVO
Bir list qalinligicha
List qalinligi bo‘yicha 0,85 dan ko‘p va 1,06 dan kam
Gipskarton listlar binolarning ichki inter’erini, ya’ni devor, eshik va rom 
chetlarini, xonalararo pardevorlar, osma shiplar barpo etishda ishlatiladi.
GKL va GKLO turlari quruq va namlik rusumdagi xonalarda, GKLV va 
GKLVO – quruq, normal, nam va Yuqori namlikdagi xonalarni harakatdagi 
qurilish teplotexnikasi bilan mutanosib ravishda bezashda ishlatiladi.
GKLV va GKLVO rusumdagi listlarni nam va o‘rta nam xonalarni 
bezashda ishlatilganda ularning yuzalarini suvga chidamli gruntovka, 
shpatlyovka, bo‘yoq, keramik plitka yoki poliviniloxlorid qoplamalari asosida 
himoyalash maqsadga muvofiqdir. Ushbu xonalar qurilish me’yorlari va 
qoidalarida ko‘zda tutilgan shamollatish tizimlari bilan ta’minlanishi kerak. 
Yong‘in havfi Yuqori bo‘lgan binolarda metall va yog‘och konstruksiyalarni 
GKLO yoki GKLVO bilan qoplash maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin