”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


 Magnezial bog‘lovchilar asosidagi buyumlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2. Magnezial bog‘lovchilar asosidagi buyumlar 
Magniy xlorid eritmasida qorilgan, kaustik magnezit yoki dolomit asosida 
olingan magnezial bog‘lovchilar organiq to‘ldirgichlar bilan aralashtirib 
qotirilganda organomineral buyumlar hosil bo‘ladi. Magnezial bog‘lovchilar 
organiq to‘ldirgichlar bilan puxta birikadi va ularni chirishdan saqlaydi.


Magnezial bog‘lovchilar asosida ksilolit va fibrolit buyumlari 
tayyorlanadi.
Ksilolit
magnezial bog‘lovchining magniy xlorid eritmasidagi qorishma 
bilan yog‘och qipiqlarni aralashtirib qotishi natijasida hosil bo‘ladigan sun’iy 
kompozitsion materialdir. Ksilolit tarkibiga xossalarini yaxshilash uchun talk, 
asbest, kvars, qum va bo‘yoqlar kiritiladi.
Ksilolitning o‘rtacha zichligi 1000-1200 kgm
3
, siqilishga mustahkamligi 
30-40 MPa, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti o‘rtacha
0,3 Vt (m
0.
S).
Ksilolit asosida choksiz pollar tayyorlanadi. Ksilolit qorishmasi bevosita 
ishlatiladigan joyda tayyorlanadi va avvaldan hosil qilingan asosga yotqiziladi, 
tekislanadi va titratish usulida zichlashtiriladi. Ksilolit pollar issiqlik va 
tovushni yutadi, edirilish va dinamik kuchlanishlarga qarshilik ko‘rsatadi. Ular 
nam va suvli muhitlar va shu kabi binolarda ishlatiladi.
Ksilolitdan presslash texnologiyasi asosida kvadrat va olti burchakli 
plitkalar, deraza tokchalari va boshqa to‘suvchi buyumlar tayyorlash mumkin. 
Ksilolit buyumlar yuzasi marmar, malaxit va boshqa manzarali qatlamlar hosil 
qilish uchun bo‘yaladi.
Fibrolit
magnezial bog‘lovchilar yog‘och payraxasi (yoki jundan) 
aralashmasini qoliplab, qotirib olingan issiqlik izolyasiyasi materialidir. 
Fibrolit plitalari binolarning devor, ora yopmalari, pol osti qismini issiq-
sovuqdan izolyasiyalash va pardadevorlar barpo qilish uchun ishlatiladi. 
Fibrolitning asosiy xossalari va ishlatilish sohalari 14 bobda batafsil berilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin