”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Pogonajli asbotsement buyumlar. 
Ularga uzunasiga o‘lchovli 
buyumlarshvellerlar, deraza tagi plitalari, to‘kish elementlari, parapet qismlari 
va boshqa ekstruziya usulida olingan buyumlar kiradi. SHvellerlar devorbop 
plita va panellar karkaslarini tayyorlashda ishlatiladi.
Quvurlar.
Asbotsement asosida bosimli va bosimsiz quvurlar ishlab 
chiqariladi. Bosimli quvurlar 0,6-1,8 MPa ishchi bosimga mo‘ljallangan bo‘lib, 
VT6, VT9, VT12, VT15, va VT18 klasslarda bo‘ladi. Ular suv uzatish 
tizimlarida ishlatiladi. Quvurlar uzunligi 3 m dan 6 m gacha, diametri 100500 
mm bo‘ladi.
Bosimsiz quvurlar (BNT) neft va gaz uzatishda, kanalizatsiya, drenaj, 
chiqindilarni uzatish tizimlarida, telefon kabellarini yotqizishda, tutun va 
shamollatish kanallarida ishlatiladi. Asbotsement gaz uzatish quvurlari gaz 
bosimi 0,5 MPa gacha bo‘lgan tizimda ishlatilishi mumkin.
Gaz uzatish quvurlari ichki tomondan polipropilen, polietilen kabi 
termoplastik o‘rama materiallar yoki epoksid, poliefir polimerlari asosidagi 
kompozitsion mastikalar bilan gaz o‘tkazmaydigan qoplamali holda ishlab 
chiqarilishi mumkin. Suv uzatish va kanalizatsiya quvurlari asbotsement 
muftalar bilan birlashtiriladi. Ba’zi hollarda cho‘yan muftalar ham ishlatilishi 
mumkin.
Maxsus asbotsement buyumlar.
Asbotsement asosida shamollatish va 
havoni tozalash tizimlarida ishlatiladigan qutilar (korobalar) tayyorlanadi. 
Qutilar yumaloq va to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli, bir biriga ulash maqsadida 
ikki tomoni yoki bir tomoni ochiq qilib tayyorlanadi. Qutilar uzunligi 300x300 
mm gacha, devor qalinligi 10 mm o‘lchamlarda bo‘ladi.
Maxsus asbotsement buyumlarga quyidagi boshqa buyumlar kiradi: quvur 
uzatish tizimlarini issiqlik izolyasiyasi qatlamini himoyalovchi yarimsilindrlar, 
elektr izolyasiyasi taxtalari, yozgi uylarni yopishda ishlatiladigan yirik 
o‘lchamli (5 m gacha) ikki tomonga qiyali listlar, boshqa buyumlar va qismlar 
kiradi.
Asbotsement buyumlar ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan (1-8%) 
chiqindilar ikkinchi marta kam miqdorlarda buyumlar tayyorlashda, ekstruziv 
usulda olinadigan pogonaj buyumlar olishda va mineral paxta tayyorlashda 
xom ashyo sifatida ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin