”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


 Poydevor uchun plitalar va panellar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2. Poydevor uchun plitalar va panellar 
Poydevor uchun plitalar. 
Bunday plitalar gips xamiridan tayyorlangan 
gipsli va to‘ldirgichlar qo‘shilgan gips qorishmasi va gipsbetondan 
tayyorlangan bo‘ladi. Gips plitalar o‘rtacha zichligi qorishma tarkibi va 
zichlashtirish usuliga bog‘liq bo‘ladi va o‘rtacha 1100-1300 kg m
3
ni tashkil 
qiladi.
Gips plitalari 800x400 va 1500x400mm (gipsqamishli) o‘lchamlarda, 
qalinligi 80-100 mm bo‘ladi. Siqilishdagi mustahkamligi 3-4 MPa, namligi 
massasi bo‘yicha ko‘pi bilan 8% ni tashkil qiladi.
Gips plitalar ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
gips, to‘ldirgichlar, suv, qotishni sekinlashtiruvchi (yoki tezlashtiruvchi) 
qo‘shimchalar va plastifikatorlarni dozirovkalash; gipsqorishmasi qorgichda 
qorishma tayyorlash; buyumni qoliplash va quritish. Gips plitalar quyma, 
titratish va presslash kabi zichlashtirish usullarida qoliplanadi. Pardadevor 
uchun gips plitalarni karusel mashinada ishlab chiqarish texnologik sxemasi 
20.1-rasmda berilgan.


 Karusel mashinada pardadevor plitalar ishlab chiqarish texnologik 
sxemasi 
1-elevator; 2-gips uchun bunker; 3-aralashtirgich shnek; 4-qipiq uchun 
bunker; 5-qotishni tezlatuvchi uchun bunker; 6-gipsqorgich; 7-suv isitkich; 
8karusel mashina; 9-lentali transporter; 10-plita solingan vagonetka; 11tunnelli 
quritgich.
Gips va qipiq (yoki boshqa to‘ldirgichlar) kovshli elevator vositasida 
bunkerlarga solinadi, so‘ngra dozalanib, aralashtirgich shnekka tushiriladi
qorishma shnekda aralashgach, gips qorishmasi qorgichga yuboriladi, u erda 
qorishma suv bilan maromiga etkuncha aralashtiriladi.
Tayyorlangan qorishma karusel mashinaga joylashtirilgan qoliplarning 
bo‘shiga quyiladi, stol bitta pozitsiyaga buriladi va keyingi bo‘sh qolipga 
qorishma quyiladi, buyumlar qoliplarda qotiriladi. Qoliplardan olingan plitalar 
maxsus mexanizm yordamida transporterga itarib tushiriladi va buyum olingan 
vagonetkalar tunnelli quritgichga yuboriladi.
Gips plitalari kasseta texnologiyasida ham tayyorlanishi mumkin. Bu 
usulda tayyorlangan gips-qirindi (qipiq) qorishmasi 20 (24) seksiyadan iborat 
kasseta qoliplariga quyiladi, buyum qotgandan keyin qolipdan echiladi va 
mustahkamligini oshirish maqsadida tunnelli quritgichga yuborilishi mumkin.
Poydevor plitalari jamoat va sanoat binolarida yuk qo‘yiladigan 
pardadevorlar qurilishida ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin