Pogonajli asbotsement buyumlar. Ularga uzunasiga o‘lchovli
buyumlarshvellerlar, deraza tagi plitalari, to‘kish elementlari, parapet qismlari
va boshqa ekstruziya usulida olingan buyumlar kiradi. SHvellerlar devorbop
plita va panellar karkaslarini tayyorlashda ishlatiladi.
Quvurlar. Asbotsement asosida bosimli va bosimsiz quvurlar ishlab
chiqariladi. Bosimli quvurlar 0,6-1,8 MPa ishchi bosimga mo‘ljallangan bo‘lib,
VT6, VT9, VT12, VT15, va VT18 klasslarda bo‘ladi. Ular suv uzatish
tizimlarida ishlatiladi. Quvurlar uzunligi 3 m dan 6 m gacha, diametri 100500
mm bo‘ladi.
Bosimsiz quvurlar (BNT) neft va gaz uzatishda, kanalizatsiya, drenaj,
chiqindilarni uzatish tizimlarida, telefon kabellarini yotqizishda, tutun va
shamollatish kanallarida ishlatiladi. Asbotsement gaz uzatish quvurlari gaz
bosimi 0,5 MPa gacha bo‘lgan tizimda ishlatilishi mumkin.
Gaz uzatish quvurlari ichki tomondan polipropilen, polietilen kabi
termoplastik o‘rama materiallar yoki epoksid, poliefir polimerlari asosidagi
kompozitsion mastikalar bilan gaz o‘tkazmaydigan qoplamali holda ishlab
chiqarilishi mumkin. Suv uzatish va kanalizatsiya quvurlari asbotsement
muftalar bilan birlashtiriladi. Ba’zi hollarda cho‘yan muftalar ham ishlatilishi
mumkin.
Maxsus asbotsement buyumlar. Asbotsement asosida shamollatish va
havoni tozalash tizimlarida ishlatiladigan qutilar (korobalar) tayyorlanadi.
Qutilar yumaloq va to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli, bir biriga ulash maqsadida
ikki tomoni yoki bir tomoni ochiq qilib tayyorlanadi. Qutilar uzunligi 300x300
mm gacha, devor qalinligi 10 mm o‘lchamlarda bo‘ladi.
Maxsus asbotsement buyumlarga quyidagi boshqa buyumlar kiradi: quvur
uzatish tizimlarini issiqlik izolyasiyasi qatlamini himoyalovchi yarimsilindrlar,
elektr izolyasiyasi taxtalari, yozgi uylarni yopishda ishlatiladigan yirik
o‘lchamli (5 m gacha) ikki tomonga qiyali listlar, boshqa buyumlar va qismlar
kiradi.
Asbotsement buyumlar ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan (1-8%)
chiqindilar ikkinchi marta kam miqdorlarda buyumlar tayyorlashda, ekstruziv
usulda olinadigan pogonaj buyumlar olishda va mineral paxta tayyorlashda
xom ashyo sifatida ishlatiladi.